Kommutatsiyalash usuli asosida kompyuter
tarmoqlarining klassifikatsiyasi
K
ANALLAR KOMMUTATSIYASI
.
Kanallar kommutatsiyasi
usulida tugunlar o’rtasida
uzluksiz fizikaviy kanallar hosil bo’lib, kommutatorlar
yordamida alohida kanal qismlari ketma-ket ulangan bo’ladi, bir
nechta fizikaviy kanallar yagona fizikaviy kanalni tashkil etadi
va har bir kanalda uzatish tezligi bir xil bo’lish sharti asoslangan.
Bunday yagona kanal ma’lumot uzatish jarayonidan avval
o’rnatilishi kerak bo’ladi va bu kanal ulash o’rnatish jarayonida
faqat ushbu bog’lanishga xizmat qiladi.
K
ANALLAR KOMMUTATSIYASINING AFZALLIKLARI
QUYIDAGICHA
:
- foydalanuvchilararo o’rnatilgan kanalda ma’lumot uzatish
tezligi doimiy va ma’lum bo’ladi (foydalanuvchi sifatli uzatishga
mo’ljallangan kanalning o’tkazish qobiliyatiga moslab kerakli
tezlikni belgilash imkoniyatiga ega);
- tarmoq orqali ma’lumot uzatishda to’xtalishlar darajasi
past va doimiy bo’lishi (to’xtalishlarga sezgir real vaqtli trafik
(ovoz, video)ning sifatli uzatilish imkoniyatiga ega).
K
ANALLAR KOMMUTATSIYASINING KAMCHILIKLARI
QUYIDAGICHA
:
- kanal bandligida foydalanuvchiga rad javobi berilishi;
- fizik kanallarning o’tkazish qobiliyatini samarasiz ishlatilishi
(kanal ulash o’rnatish jarayoni mobaynida band bo’ladi);
- avvaldan ulash o’rnatilishi tufayli ma’lumot uzatish
jarayonidan oldin shartli to’xtalish mavjudligi.
|