Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiyalarning asosiy tushunchalari reja



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə2/7
tarix22.12.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#189702
1   2   3   4   5   6   7
Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiya

1-rasm. Web -texnologiyalar
Web texnologiyalarining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar CGI dasturlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, CGI dasturlar serverda joylashgan va server imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular serverga kelgan so‘rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, Web sahifa Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to‘plami bo‘lib, ularni soni soat sayin ko‘payib bormoqda. Bu fayllarda ma’lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, video, audio ma’lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Internet resurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tegishli ma’lumotlarni to‘ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tejash imkonini beradi.
Oliy ta’lim tizimida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining Web – dizayn bo‘limida Web sahifalar yaratishni o‘rgatish nazarda tutilganligi bu mavzuni o‘qitishning samarali uslublarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
WWW haqida tushuncha
World Wide Web - bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bir necha yuz million elektron hujjatlarni o‘zida birlashtirgan axborot fazosidir. U axborotlarni yig‘ish, tarqatish va o‘rganish borasida chegaralanmagan imkoniyatlarga ega.
Shu narsani ta’kidlash lozimki, Internetga gipermatn tushunchasi birinchi bor 1965 yil kirib keldi. 1965 yil Nelson gipermatn so‘zini qo‘lladi. Van Dam va boshqalar 1967 yilda gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Nelson 1987 yil ma’lumotlarning gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi.
World Wide Web (qisqacha Web ) tizimi birinchi bo‘lib Jenevadagi (Shvetsariya) Evropa elementar zarralar fizikasi laboratoriyasida (CERN) Tim Berners-Li 1990 yil gipermatnli loyihani taklif etdi.
Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, xalqaro axborot tarmog‘i – World Wide Web (WWW)ga poydevor qo‘yildi.

Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin