Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiya
www.eduportal.uz
www.ziyonet.uz Brauzer dasturlarining qisqacha tarixi, imkoniyatlari va kamchiliklari Eng keng tarqalgan birinchi brauzer Mosaic bo‘lgan. Eng birinchi brauzer CERN (Evropa Fizika Tadqiqotlari Markazi) xodimi Tim Berner tomonidan kashf qilingan. AQSHning NSCA (Milliy Super Xisoblash Markazi) xodimi Mark Anderson va bir nechta talabalar tomonidan ishlab chiqilgan Mosaic brauzeri esa grafik ma’lumotlarni ekranda aks ettira oluvchi birinchi brauzer bo‘lgan. Undan so‘ng Netscape Navigator brauzeri etakchilik qildi. 1993 yil Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri ishlab chiqildi va u Netscape korporatsiyasiga o‘tib Netscape brauzerini ishlab chiqdi. 1995-yili Microsoft kompaniyasi Windows 95 tarkibida Internet Explorer brauzerini chiqarish orqali Netscape Navigatorning etakchiligiga katta xavf sola boshladi va bir necha yillardan so‘ng Netscape Navigator brauzeri deyarli foydalanishdan chiqib ketdi. Internet Explorer esa 95% ulush bilan dunyoning eng keng tarqalgan brauzeriga aylandi. Hozirda u Web sahifalarni ko‘rishning yuksak quroliga aylangan. U Windows 98 da brauzer emas, balki, hatto sharhlovchi deb ham yuritiladi. Buning asosiy sababi, HTML va boshqa dastur vositalaridan (Java, JavaScript) foydalanib tuzilgan Web sahifalarni foydalanuvchiga tushunarli ko’rinishda sharhlab berishidadir. Netscape Navigator kodini ommaga havola qilingandan keyin uning asosida Mozilla va Mozilla Firefox brauzerlari yaratildi. Hozirda foydalanuvchilar uchun juda ko‘p alternativ brauzerlar mavjud. NetApplications kompaniyasi shaxsiy kompyuterlar va mobil qurilmalar uchun brauzerlar bozorining navbatdagi hisobotini taqdim etdi. Unga ko‘ra, 2012 iyul oyida Firefox va Safari o‘z mavqeini mustahkamlagan bo‘lsa, boshqa brauzerlarning ulushi, aksincha, pasayib ketgan. Internet Explorer haligacha etakchilikni qo‘ldan boy berganicha yo‘q, lekin ulushi asta-sekin kamayib bormoqda. Net Applications ma’lumotlariga ko‘ra, brauzerlarning ulushi 2009 yil avgust oyiga nisbatan quyidagicha: