Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiyalarning asosiy tushunchalari reja


Har bir hujjat gipermatnli havolalarni o‘z ichiga oladi, foydalanuvchi ular yordamida ko‘riladigan mavzu bo‘yicha boshqa hujjat axborotlariga murojaat qilishi mumkin



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə3/7
tarix22.12.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#189702
1   2   3   4   5   6   7
Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiya

Har bir hujjat gipermatnli havolalarni o‘z ichiga oladi, foydalanuvchi ular yordamida ko‘riladigan mavzu bo‘yicha boshqa hujjat axborotlariga murojaat qilishi mumkin.
Shunday qilib, hujjat matnida belgilab ajratilgan so‘z, tasvir va grafik elementlar tanlab, foydalanuvchi ixtiyoriy yo‘nalishda harakatlana oladi va ularni qiziqtirgan hujjatlarga (bu hujjatlar qaerda joylashganidan qat’iy nazar) “sakrab o‘tadi”.
Bunday texnologiya, Web hujjatlariga matn bilan bir qatorda grafik, ovoz va videotasvirlarni kiritish imkonini beradi. Foydalanuvchilar o‘zlariga kerakli hujjatlarni qidirish maqsadida Internetdagi minglab serverlarga joylashgan juda katta massivdagi elektron hujjatlarda harakatlanish natijasida butun dunyo buyicha sayohat qilishi mumkin.
Web-hujjatlar HTML (Hypertext Markup Language) hujjatlarni yozishning gipermatnli tilida yaratiladi. Bunday hujjatlar grafik va gipermatnli havolalarni o‘z ichiga oladi. Uning ustiga sichqoncha kursorini keltirib bosilishi gipermatnli havola foydalanuvchiga boshqa hujjatni chiqaradi. Shunday qilib, bu havola, sichqoncha ko‘rsatkichi bosilganda kirish mumkin bo‘lgan hujjatga o‘tish imkonini beradigan “ko‘rsatkich”ga ega.
Bunday ko‘rsatkich bir xil ko‘rinishga keltirilgan (unifitsirovannogo) manbalar ko‘rsatkichi nomi bilan yuritiladi - URL (Uniform Resource Locator-Resurslarni ko‘rsatuvchi manzil). U universal manzil bo‘lib, Internet manzilini va unga kirish usulini (FTP, http, telnet va boshqalar) ko‘rsatuvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, http://www.ams.org amerika matematika jamiyatida mavjud ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi.
URL ko‘rsatkichi odatda hujjatning transport protokolini (masalan, NTTR yoki FTP) va u joylashgan xost-kompyuter nomini aks ettiradi. Bundan tashqari, URL ko‘rsatkichi o‘sha kompyuterdagi hujjatga kirish marshrutini o‘zida ifodalashi mumkin. Bu marshrutlar URL satrining oxirida ko‘rsatiladi.
Butun dunyo o‘rgamchak to‘ri bo‘lgan WWWda axborotlarni qidirish va o‘qish maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. HTTP gipermatn uzatish protokoli bu dasturlarga ixtiyoriy Web-server fayliga murojaat qilishga imkon beradi.

Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin