Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiyalarning asosiy tushunchalari reja



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə4/7
tarix22.12.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#189702
1   2   3   4   5   6   7
Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiya

Web-dizayn tushunchasi
Web-dizayn atamasi 2 qismdan iborat. Birinchi qismi - Web - bu World Wide Web–Butunjaxon o’rgimchak to’ri so’zlarining qisqartmasi.Ikkinchi qismi "dizayn" –inglizcha design so’zidan olingan bo’lib, loyihalash, konstuksiyalash, rejalashtirish, chizish, rasm hosil qilish degan ma’nolarni bildiradi. Shunday qilib, ingliz tilidan Web-dizayn atamasini "Web –loyiha" yoki "Internet uchun loyihalash" deb tarjima qilish mumkin.
Web-dizayn maxsus uskunalar (kompyuter va tahrirlovchi dasturlar), maxsus dasturlash tillari (JavaScript, Java, Perl, C++, PHP va b.), gipermatnni belgilash tili HTML va tarmoq texnologiyalari (CGI, CSS, SSI va b.) ni qollashga asoslangan tasviriy san’atning yangi janri hisoblanadi.
Web-dizaynning maqsadi Internetda joylashgan obyektlar (web-sahifalar, bannerlar, appletlar, scriptlar, web-sahifalarning ayrim elementlari) ni loyihalash (yaratish) dan iborat.
Web-dizayner (yoki Web-master, Web-usta) - Web-dizayn bilan shug’ullanuvchi rassom-dasturchi.
Web-dizayn fanini o`qitishdan maqsad– har bir mutaxassis o`z kasbiy sohasida egallashi lozim bo`lgan web-dizaynga oid boʻlgan bilimlardan foydalanib turli hil saytlar yarаtish va unga ishlov berish imkoniyatlari haqidagi ko`nikma va malakalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.
Web-dizayn fanining vazifasi:

  • Web-texnologiyalar va ularning asoslari;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari orqali olinayotgan ma’lumotlarning qanday hosil qilinishi va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlarni berish;

  • Web - saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari bilimlar bilan tanishtirish;

  • Flash muhitida oddiy va interfaol animasiyalar, flash saytlar yaratishga oʻrgatishdan iborat;



Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar. Brauzer dasturlari
WWW sistemasi bilan ishlashda ma’lumotlarni qulay ko‘rinishda tasvirlash uchun kompyuterga maxsus browser (yo‘llovchi) dasturini o‘rnatish kerak. WWW browsers bu WWW sistemasi bilan o‘zaro hamkorlikda ishlovchi amaliy dasturlardir. WWW hujjatlari gipermatn hisoblanadi. Kompyuter imkoniyatlaridan kelib chiqib, gipermatnlar oddiy matnlardan hujjat tuzilishining berilishiga qarab farq qiladi. Ko‘pgina brauzerlarda Internetning boshqa servislariga ham kirish imkoni bor. Masalan, bunga FTP, Gopher va WAIS serverlari, telekonferensiya serveri UseNet hamda Telnet serverlari kiradi.
HTML va boshqa dastur vositalari yordamida tayyorlangan Web sahifalarni foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda tasvirlash uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, bunday dasturlar brauzer dasturlar yoki Web brauzerlar deb ataladi. Hozirda bir necha shunday dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular tabiiy ravishda hujjatlarni ko‘rishni turlicha tahrir qiladilar.

Web brauzerlar – bu Internet resurslari va ma’lumotlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturlar bo‘lib, ularning quyidagi turlari mavjud: Bular:



Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin