- Password - AVP Control Center dasturini yuklashga va
chiqib ketishga parol
o'rnatish. Kerakli o'zgartirishlar kiritilganidan keyin OK tugmasi chertiladi.
O'zgartirishlarni bekor qilib chiqish uchun "Cancel" tugmasi bosiladi.
AVP Scanner moduli. Bu modul foydalanuvchi ko'rsatgan
joylarni va
ko'rsatilgan vaqtda tekshirish va zarurat tug'ilsa, davolash uchun mo'ljallangan, u
avtomatik tarzda AVP Control Center tomonidan yoki
foydalanuvchi tomonidan
ishga tushishi mumkin.
AVP Scanner modulini ishga tushirish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo'ladi:
"Pusk" / "Programmi"/ "AntiViral Toolkit Pro"/ AVP Scanner tanlanadi. Natijada
ekranda quyidagi oyna hosil bo'ladi:
U yuklanish jarayonida operativ xotirani
virusga tekshiradi va lozim
b?lsa yangilanish kerakligini ta'kidlaydi.
Uning oynasi quyidagi kismlardan iborat:
- Location - tekshiriladigan disk va katolog ko'rsatish;
- Objects - tekshiriladigan ob'ektlarni - fayllar turini ko'rsatish;
- Actions - virus topilganida bajariladigan amalni ko'rsatish;
- Options - tekshiruvni olib borish tartibi va parametrlarini ko'rsatish;
- Statstics - hisobot va statistika oynasi.
Location bo'limi
Local Hard Drives - kompyuterning qattiq disklari
tekshirilishi kerakligini
ko'rsatish;
Network Drives - tarmoq qattiq disklari tekshirilishi kerakligini ko'rsatish;
Floppy Drives - disketa tekshirilishi kerakligini ko'rsatish;
Add Folder - joriy katlogni tekshirish lozim bo'lgan kataloglarga qo'shish;
Scan Now - tekshiruvni boshlash;
Object - topilgan xato va virusli fayllarni ko'rsatish bo'limi.