Ma’ruza №12: Kompyuter viruslari va antiviruslar. Kompyuter viruslarini sinflarga ajratish


Fayl viruslarini sinflarga ajratish



Yüklə 221,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix06.12.2022
ölçüsü221,4 Kb.
#72811
1   2   3   4   5   6   7
12-ma`ruza

Fayl viruslarini sinflarga ajratish. Fayl viruslari kompyuterlarda 
keng tarqalgan viruslar. Ular barcha viruslarning tahminan 80% ini tashkil etadi. Bu 
toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib, o'z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa, 
haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Masalan, RCE-1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black 
Friday (qora juma) va boshqa o'ta xavfli viruslardir. 
Ko'pchilik tarqalgan fayl viruslari shtammlarga ega, ular baza versiyalaridan uncha 
farq qilmaydi. Shuning uchun fayl viruslarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: 
- Vena guruhi. Uning birinchi S-648 deb nomlanuvchi vakili Venada topilgan
- CASCADE guruhi. RC-1701 deb nomlanuvchi birinchi vakili 1988 yil 
o'rtalarida topilgan; 
- Quddus guruhi. RCE-1813 deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987 yilning 
oxirida Quddus universitetida topildi
- TR viruslar guruhi - mazkur viruslar, taxminlarga ko'ra, Bolgariyada ishlab 
chiqilgan. O'z navbatida bu guruh uch kichik guruhga bo'linadi. VACSINE, 
"musiqali qayta yuklash" va "o'z-o'zini yeb qo'yuvchilar". 
Ohirgi ikkitasini Vankey Doodle ham deb atashadi. 
- Datacrime. Bu guruh vakillari joriy yilning 12 oktyabrida faollashadi va A, V, C, 
D disklarda 8 sektorni ishdan chiqaradilar. 
- Avenger guruhi. RCE-1800, RCE-1000 deb nomlanuvchi mazkur guruh katta 
zararlash imkoniyatiga ega. U nafaqat fayllarni bajarish chog'ida, balki uni o'qish va 
ochish vaqtida ham zararlaydi. Bundan tashqari, bu toifadagi viruslar davriy 


ravishda sektorlardagi fayl va katologlarni yo'qotadi. Vinchesterga matn 
xabarlarini yozadi. 
- Island guruhi (Icelandic). 
Shu yerda ta'kidlash kerakki, Datacrime va island guruhiga mansub viruslar hozircha 
bizning mamlakatimizda yo'q. 
Boot viruslari fayl viruslaridan tubdan farq qiladi. Boot viruslarining soni fayl 
viruslariga qaraganda ancha kam va shuningdek, ular sekinroq tarqaladi. 
Fayl viruslari kabi ko'p tarqalgan Boot viruslari ham shtammlarga ega. Hozirgi 
vaqtda 
ushbu 
viruslarni 
quyidagi 
guruhlarga 
ajratish 
mumkin:
- Italiya guruhi. "Bxl-1S-a" deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987 yilning 
oxirida paydo bo'ldi; 
- Pokiston guruhi. Bu guruhga Vgat 86 va Brain 88 viruslari kiradi. Birinchi vakili 
Vgat 86 Pokistonning Lahor shaxrida 1986 yil topilgan. 
Buzish darajasi bo'yicha viruslarni shartli ravishda ikki turga -"illyuzion" va 
"vandallar" ga bo'lish mumkin. "Illyuzion" guruh qandaydir yoqimli musiqa sadosi 
yoki namoyish orqali virusni yuqtiradi. 
"Vandal" so'zining o'zbekcha lug'aviy ma'nosi - madaniy yodgorliklarni harob 
etuvchi, xuddi shunday "vandallar" dasturni harob qiladi. Bu toifa viruslar yopiq 
holatda fayllarni bildirmasdan ishdan chiqaradi. Tabiiyki, ham fayl tizimini, ham 
yuklash (Boot) cektoriga zarar yetkazuvchi viruslar ham mavjud. 

Yüklə 221,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin