0
1
2
3
4
5
6
2,1
2,0
1,8
1,6
1,4
1,2
1,2
4,9
4,4
3,9
3,4
3,0
2,5
2,5
1,9
2,1
2,6
3,5
5,3
8,6
12,5
4,0
5,0
6,5
7,5
12,0
16,0
22,0
8
8
9
10
11
12
12
Paxta
tolasi silliq, yassi lenta ko‘rinishda, buralgan xolatda bo‘ladi. Paxta
tolasining o‘ta yupqa birlamchi devori uning tashqi ximoya pardasi xisoblanadi.
sellyuloza bo‘lmagan ko‘pgina moddalar shu devorda joylashadi. Birlamchi
devordagi sellyuloza makromolekulasi xaotik joylashgan
va ularning kamgina
qismi tola o‘qiga nisbatan perpendikulyar orientirlangan. Ikilmchi devori tolaning
aosi xisoblanadi, bu qavatda sellyuloza makromolekulasi
tartibli joylashgan, ular
uzun fibrillar xosil qiladi, fibrillr esa o‘z navbatida tola o‘qiga nisbatan ma’lum
burchak ostida orientirlangan. Birlamchi va ikkilamchi devorlar tola o‘qiga
nisbatan konsentrik joylashgan. Tola ichida kanal bo‘lib, uning bir tarafi ochiq.
Ichki kanalda azot tutgan moddalarning bir qismi protoplazma ko‘rinishda bo‘ladi.
Paxta tolasida lignin yo‘q, lekin u ip gazlama tarkibiga poya va barglar bilan
birgalikda o‘tadi.
Zig‘ir tolalar
Zig‘ir tolalar turli o‘simliklarning poya va barglaridan ajratib olinadi.
Ularning
ichida len tolasi kata axamiyatga ega. Zig‘ir tolalar paxta tolasiga nisbatan uzun,
qattiq va qalin. Morfologik tuzilishida farq bo‘lsada, ularning umumiyligi
asoslarini sellyulozadan tashkil topganligidadir. Tolalarning tarkibi quyidagicha.
Jadval 5. Tola tarkibi
Moddalar
Toladagi miqdori, %
Paxtada
Lenda
Sellyuloza
Mumsimon moddalar
Pektin moddalar
Lignin
Azot tutgan moddalar
Mineral moddalar
Boshqalar
94,5-96
0,5-0,6
1,0-1,2
-
1,0-1,2
1,2
0,3-1,3
75-78
2,7
2,9-3,2
3,8
1,9-2,1
1,3
9,4-11,9
Texnik len tolasi paxtaga nisbatan farqli o‘laroq
elementar tolalarning
buramalaridan tashkil topgan. Bu elementar tolalar o‘zaro oraliq plastinka orqali
birikkan, plastinka esa pektin va lignin moddalardan tashkil topgan. Elementar
tolalardagi sellyuloza makromolekulasi yaxshi orientirlangan
va ular mikrofibrill
va fibrill ko‘rinishda nadmolekular kompleksni xosil qiladi.
Jun tolalar
Jonivorlarni qoplovchi tolalardan olingan maxsulotga jun deyiladi.
Ko‘pincha qo‘y junidan foydalaniladi. Jun ingichka, yarimingichka, yarimdag‘l va
dag‘al turlarga bo‘linadi. Ingichka va yarim ingichka jun asosan puxli, yumshoq va
ingichka tukli toladan iborat. Yarim dag‘al va dag‘al jun puxli toladan tashqari
o‘zakli, bir qadar qo‘pol va qattiq tolalardan iborat topgan bo‘ladi. Jun tolasi ko‘p
xujayrali tuzalishga va ikkita - ustki va ichki qavatga ega. Ustki qavat eski xujayra-
tangasimon shaklda bo‘lib, ichki qavat buralgan xujayrali, bu xujayralar xujayraaro
moda orqali birlashgan. Ichki qavatda yog‘ va bo‘yovchi moddalar bo‘ladi. Dag‘al
jun tolasida uchinchi qavat xam bo‘ladi. Bu qavat markaziy xisoblanib,
u kanal
ko‘rinishda bo‘ladi va qurigan xujayra, xamda xavodan tarkib topgan. Tolaning
ichki qavati bir jinsli emas, u ikki yo‘nalishdagi strukturaga ega. Ular ikkita bir xil
o‘zaro bir-biriga tegib turadigan silindrlardir. Bu silindrlar kimyoviy turg‘unligi va
boshqa xossalari bo‘yicha o‘zaro farqlanadi. Turg‘un qismi parakorteks va turg‘un
bo‘lmagan qismi ortokorteks deb yuritiladi. Jun tolalarining uzunligi taxminan 30-
40 mm va diametri 0,025 mm ga teng. Kalava
tayyorlash uchun yuvilgan, ya’ni
dastlabki ishlov berish zavodlarida chiqindilardan tozalangan jundan foydalaniladi.
Iflosliklar, ter moddalari, jun yog‘i dastlabki ishlov chog‘ida jun tolasidan
chiqariladi. Jun tolasida quyidagi moddalar bo‘ladi, %:
-keratin -90
-jun yog‘i -0,5-1,5
-yog‘lovchi moddalar -0,5-2,0
-o‘simlik moddalari -1
-bo‘yovchi moddalar -izi
Tabiiy ipak
Tabiiy ipakni ipak qurti cheksiz ip ko‘rinishda xosil qiladi.
Ipak qurtidan
chiqayotgan ip darxol qattiqlashib qoladi. Texnik ipakda 70-75% fibroin va 20-
25% seritsin bo‘ladi. Pilladan eshilgan ipni uzunligi 262
52,5 m. Ipak qurti ikkita
parall ipni o‘zaro seritsin yelimi bilan yelimlangan xolda ajratib chiqaradi. Fibroin
sterjenlari fibrillardan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: