Ma’ruza 2
2-Mavzu: Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari
Reja
1.
Tolalarning sinflanishi va umumiy xossalari
2.
Tolalar xaqida umumiy ma’lumotlar, turli tolalarga suv va xarorat ta’siri.
3.
Tabiiy tolalarning xossalari
4.
Sun’iy tolalarning xossalari
5.
Sintetik tolalarning xossalari
Adabiyotlar
1.
Кричевский Г.Йе., Корчагин М.В., Сенахов A.В. ХТТМ, М.,
Легпромбытиздат, 1985, 640 с.
2.
Отделка х/б тканей. Справочник. т.1, М.: Легпромбытиздат, 1991, 432 с
.
3.
«To‘qimachilik materiallari kimyoviy texnologiyasi» ma’ruzalar matni. 1, 2
qism. Tashkent, 2000, Abdukarimova M.Z. va boshqalar.
Nazorat savollari
1.
Tolalarning sinflanishini batafsil tushuntrib bering?
2.
Gidrofil,
gidrofob, termoplastik va termoreaktiv tolalar deganda nimani
tushunasiz?
3.
Qaysi tolalar yuqori mexanik xossaga ega?
4.
Tabiiy tolalarning umumiy xossalari nimada?
5.
Gidratsellyuloza va asetat tolalarining o‘zaro farqi nimada?
6.
Sintetik tolalarning umumiy xossalari va o‘zaro farqi.
1.Tolalarning sinflanishi va umumiy xossalari
Xozirgi kunda to’qimachilik sanoati turli tabiiy
va kimyoviy tolalarni
ishlatadi. Bu tolalarning barchasi bir-birlaridan o’zlarining kimyoviy,
fizik-
mexanik, mexanik xossalari va ishlatilish sohalari bo’yicha farq qiladilar. SHu
bilan birga ulardagi ba’zi bir o’xshashliklar tolalarni sinflarga ajratish imkonini
beradi.
Tolalarni kelib chiqishi va polimer makromolekulasining
kimyoviy
tuzilishiga asosan barcha to’qimachilik tolalarini sinflarga ajratish mumkin. Barcha
to’qimachilik tolalari tabiiy va kimyoviy turlarga bo’linadilar. Tabiiy tolalar kelib
chiqishiga ko’ra uch turga bo’linadi:
1. o’simlik asosidagi.
2. Xayvonot asosidagi.
3. Minerallar asosidagi.
Kimyoviy tolalar o’z navbatida ikki guruxga bo’linadi - sun’iy va sintetik.
Sun’iy tolalar tabiiy polimerlarni kimyoviy qayta ishlash
va sintetik tolalar esa
sintetik polimerlardan olinadi.
Sun’iy tolalar yana ikki guruxga - organik va anorganik tolalarga
bo’linadilar. Sun’iy organik tolalar to’qimachilik
sanoatida, sun’iy anorganik
tolalar esa asosan texnikada qo’llaniladi.
Sintetik tolalar kimyoviy tuzilishiga ko’ra karbozanjirli
va geterozanjirli
turlarda bo’ladilar. Karbozanjirli polimerlarning asosiy makromolekulasi uglerod
atomidan tuzilgan bo’ladi. Geterozanjirli polimerlarning asosiy makromolekulalari
uglerod atomidan tashqari kislorod va azot atomlaridan ham tashkil topgan bo’ladi.
To’qimachilik tolalarining sinflanishi quyidagi 1.1- jadvalda keltirilgan.