tashqari mumsimon moddalar, pektin, lignin,
azot tutgan moddalar, kul va
bo’yovchi moddalar xam uchraydi. Selluloza ishqorning kontsentrlangan
eritmalarida, 85-90 % li ortofosfat kislota va 70 % gacha bo’lgan kontsentrlangan
rux xlorid tuzining suvli eritmasida erish xususiyatiga ega. Erish bilan bir qatorda
selluloza gidrolizlanadi va o’z xosallarini susaytiradi, ayniqsa kislota ta’sirida.
Ishqor
,
kislota
va
oksidlovchilarni
ta’siri xarorat, xamda ularning
kontsentratsiyalariga bog’liq. Oksidlovchilar ta’sirida (xarorat, kontsentratsiya)
oksiselluloza va ishqorlar ta’sirida (kontsentratsiya) esa
ishqoriy selluloza xosil
bo’ladi.
Jun va ipak tabiiy oqsil tolalardir. Jun keratindan va ipak fibroindan
qurilgan.
Jun murakkab tuzilishga ega. Junda keratindan tashqari yana bir qancha
oqsil va oqsil bo’lmagan yo’ldoshlar ham bo’ladi: tuz aralashmalari, yog’,
mumsimon moddalar, selluloza asosli va tasodifiy qo’shimchalar.
Jun – bu gigroskopik tola bo’lib, 100-105
o
C xaroratda quritilganda u
tarkibidagi namlikni yo’qotadi, tola dag’allashib, mexanik xossasi yomonlashadi.
Qayta namlash jun tolasiga asta-sekin boshlang’ich xossasini tiklashga olib keladi.
Lekin 105
o
C xaroratdan yuqorida uzoq vaqt qizdirish jun tolasining fizik-mexanik
xossasini yomonlashtiradi. Jun tolasiga organik kislotalar deyarli ta’sir
ko’rsatmaydi. Ishqorlar ta’sirida jun fizik-mexanik xossasini yomonlashtiradi.
Masalan 3 % li o’yuvchi natriy eritmasida jun qaynatilganda shu zaxotiyoq uning
to’liq erishi kuzatiladi. Ba’zi tuzlar ta’sirida jun tolasining sarg’ayishi va
keratinning qisman parchalanishi kuzatiladi.
Tabiiy ipak ikki moddadan – fibron ipidan va ularni qoplab bog’lab
turgan
seritsindan tashkil topgan. Pilladan olinadigan ipning 70-75%ini fibroin va 25-
30%ini seritsin tashkil etadi (seritsindan tashqari oz miqdorda bo’yovchi va
mumsimon moddalar ham mavjud). Fibroin suvda erimaydi, seritsin eriydi. Fibroin
va keratin yuqori molekular birikmalar bo’lib, 20 ta aminokislotadan tirik
organizmda sintez qilingan. Fibroin spirtda va organik erituvchilarda erimaydi.
Suvda erimaydi lekin juda kam miqdorda bo’kishi mumkin. Kislota va ishqor
eritmalarida fibroin yaxshi bo’kadi. Fibroin mis ammiak eritmasida va kuchli
kislotalarda
eriydi.
Fibroin
oksidlovchilar
ta’sirida
parchalanadi.
Aminokislotalarning
umumiy
formulasi
N
2
N-CHR-COOH.
Oqsil
makromolekulasini umumiy xolda quyidagicha ifodalash mumkin:
{-NH-CH-CO-}-NH-CH-CO---
NH-CH-COOH
R
1
R
2
R
i
Aminokislota
qoldig’i.
Selluloza asosidagi kimyoviy tolalar-viskoza va mis-ammiakli tolalar
gidratsellulozadan olinadi.
Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishda viskoza oldingi
o’rinlarda turadi. Viskoza tolasining afzalligi
ularning sanitar-gigienik
xossasidadir, kamchiligi nam xolatda fizik-mexanik xossasini yo’qotishi va
yetarlicha shaklni saqlay olmasligi. Viskoza va mis ammiakli tolalarning umumiy
ko’rinishda
quyidagicha
ifodalash
mumkin:
(С
6
H
10
O
5
)
n
.
Formuladan
gidratselluloza tolalar ham selluloza kabi tuzilishga ega ekanligi ko’rinib turibdi.
Tabiiy tolalarni gidratselluloza tolalardan farqlash maqsadida ular 10% li o’yuvchi
natriy eritmasida eritiladilar. Gidratselluloza tolalar bu eritmada oldin bo’kadi va
qisman eriydi.
Atsetat va tiratsetat (TATS) tolalari sellulozaning efirlaridan olinadi.
Triatsetat iplari triatsetilsellulozadan tashkil topgan {C
6
H
7
O
2
(OOCCH
3
)
3
}
n
.
Atsetat iplar triatsetilsellulozani qisman omillab olinadi, atsetatlar diatsetilselluloza
deb ham yuritiladi.
[C
6
H
7
O
2
(OOCCH
3
)
3
]
n
+nH
2
O- [C
6
H
7
O
2
ON(OOCCH
3
)
2
]
n
-nCH
3
COOH
Atsetat iplari atsetonda, triatsetatlar esa metilenxloridda eriydilar.
Viskoza tolalari paxta va len tolalariga nisbatan yanada gigroskopik xossaga
ega. Viskoza kislota va ishqor eritmalari ta’siriga chidamsiz bo’lib, ular ishqor
ta’sirida bo’kadi va xatto qisman eritma xoliga o’tishi mumkin. Viskoza nam
xolatda pishiqligini 30-50 % gacha yo’qotadi. Atsetat tolalari viskoza tolalariga
nisbatan suvda kam miqdorda bo’kadi, xo’l xolatda pishiqligini 20-30 %
gacha
yo’qotadi va past gigroskopik xossaga ega. Atsetat tolalari viskoza tolalariga
nibatan kislotalar ta’siriga turg’un, lekin ishqorlar ta’sirida oson gidrolizlanadi.
TATS tolalar yanadi past gigroskopik tola bo’lib, kislota, ishqor va oksidlovchilar
ta’siriga atsetat tolalariga nisbatan turg’undir.
Paxta tolasining tashqi va ichki qatlamlarida sellyulozaning miqdori va
joylashishi turlicha. Paxta tolasining diametri 20 mkm atrofida. Sellyulozaning
asosiy qismi ikkilamchi qobigʼda joylashgan va notsellyulozaviy yoʼldosh
moddalar deyarli yoʼq, qalinligi 5 mkm. Birlamchi qobigʼning (yuzaviy qatlam deb
ham ataladi) 50%i polimerlanish darajasi 2-6 ming boʼlgan sellyulozadan tashkil
topadi, lekin ayrim mualliflar bu qatlamda umuman sellyuloza yoʼq, u asosan suv
va havo oʼtkazmaydigan yupqa plenka kutikuladan iborat deb xisoblaydilar.
Yuzaviy qatlam tolaning ikkilamchi qobigʼidan farqli deyarli boʼkmaydi va
mis-ammiakli erituvchida erimaydi. Unda deyarli barcha notsellyulozaviy yoʼldosh
moddalar
joylashgan, qalinligi 0,1-0,5 mkm va uning massasi tolaning 2-6% ini
tashkil etadi. Paxta tolasi gidrofob yuza va gidrofil xajmga ega.
Shunday qilib, paxta tolali materiallarni tayyorlov jarayonlari asosan yupqa girofob
qatlamni oʼzgartirib notsellyulozaviy yoʼldosh moddalar va tanda iplar yuzasidan
oxorni tozalashdan iborat.
Tayyorlov jarayonlarida qoʼllaniladigan kimyoviy reagentlar sellyulozaga
salbiy taʼsir koʼrsatmay notsellyulozaviy va notolaviy moddalarni toladan
chiqarishi lozim. Shu sababli texnologik parametrlar va tarkiblarni toʼgʼri tanlash
uchun paxta tolasini yoʼldosh moddalarini va notolaviy
chiqindilar tuzilishi va
xossalarini oʼrganish lozim.
Mumsimon moddalar paxta tolasining birlamchi qobiQining tashqi tomoniga
joylashgan. Mumsimon moddalar - toladan ekstraktsiya yoʼli bilan chiqariladigan
yoʼldoshdir. Ular tarkibida yuqori uglerodli bir atomli spirtlar :
gossipol C
30
H
61
OH
montanil C
28
H
57
OH
seril C
28
H
53
OH
karnaubil C
24
H
49
OH
Yuqori uglevorodli kislotalar:
palmitin C
16
H
33
COOH
olein C
15
H
30
COOH
sterain C
17
H
35
COOH
Kislotalar va montanil, serotin, palmitin va stearin kislotalarning natriyli
tuzlari va ularning bir atomli yuqori uglerodli spirtlar bilan murakkab efirlari,
xamda to'yingan
uglevodorodlar C
30
H
62
va C
31
H
64
kiradi. Mumsimon
moddalarning suyulish temperaturasi 70-75°Ϲ ni tashkil etadi. Ularning 37 % ini
ishqoriy qaynatish paytida gidrolizlab, qolgan qismi esa qaynatish eritma
tarkibidagi sirt aktiv modda ta'sirida toladan emulgirlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: