Ma’ruza 2 2-Mavzu: Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari Reja



Yüklə 479,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix28.11.2023
ölçüsü479,74 Kb.
#169484
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari (2)

Pektin moddalar 
o'ziga xos uglevodlar bo'lib, tarkibi murakkab va turli 
jinslidir. Ularning asosiy qismini pektin kislota tashkil etib, o'z navbatida u ma'lum 
qism karboksil guruxlari metil spirt bilan eterifikatsiya qilingan poligalakturon 
kislotadir. Pektin kislota paxtadan 0,1 n NaOH yordamida ajratib olinadi. Pektin 
kislota paxtaning birlamchi qobig'ida joylashadi. Pektin moddalar tolada suvda 
erimaydigan Ca
2+
, Mg
2+
, Fe
2+
metallar tuzlari xolatida bo'ladi. Bu moddalar 
tolaning mustaxkamligiga ta'sir qilmaydi.

Gemit sellyuloza 
o'simlik xujayrasining yuzasida joylashgan polisaxaridlar 
guruxidir, ular lignin modda bilan birgalikda keladi. Gemitsellyuloza - 
polisaxaridlar aralashmasi bo'lib, amorf qattiq moddadirlar. Ko'proq d-ksiloza 
asosidagi gemitsellyulozalar uchraydi. Ularning polimerlanish darajasi past bo'ladi. 
S.n=150 : d-ksiloza, l –arabinoza, d-glyukturon kislota, d-galaktozadan tashkil 
topgan saxaridlardir. 
Azotli birikmalar va glyukoproteidlar oqsil moddalar 
benzol halqali 
(fenialanin, tirozin) aminokislotalardan tuzilgan va lignin hosil bo'lishida oraliq 
mahsulotdir. Paxta tolasidagi azotli moddalar tarkibi kam o'rganilgan. Ularning 
asosiy qismi proteinlardir. Proteinlarning asosiy qismi (60%i) tolaning ichki 
kanalida joylashgan, va azotli birikmalar tolaning birlamchi devorida ham 
joylashib, tola mustaxkamligiga ta'sir etadi, cho'ziluvchanligini oshiradi. 
Kul moddalar paxta tolasidagi 1,2 % ni tashkil etib, tarkibi % da quyidagicha : 
K
2
O - 34; CaO - 11; MgO - 6; Na
2
O - 7; Fe
2
O
3
- 2; Al
2
O
3
; SiO
2
-5; CO
2
- 4; P
2
O
3

5; CO
2
- 4; CO
2
- 20; Cu va Mn - o'ta kam.
Polisaxaridlar 
tarkibida sellyulozadan farqli uron kislotalar: D-glyukuron 
va 4-metil- D-glyukuron, D-galakturon kislotalar uchraydi, tolaga gidrofillik xossa 
beradi.
Paxta tolasi tarkibida 0,8 % l-malein va limon kislota bo'ladi.
 

Yüklə 479,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin