Ma’ruza №2. Mavzu: Puxtalik xaqidagi asosiy ma`lumotlar Reja



Yüklə 226,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.12.2022
ölçüsü226,9 Kb.
#77164
  1   2


Ma’ruza №2. 
Mavzu: Puxtalik xaqidagi asosiy ma`lumotlar 
 
Reja: 
2.1. Puxtalik haqidagi asosiy ma’lumotlar
2.2. Tuzuklik. Nosozlik. Ishlash qobiliyati 
tushunchalari. 
 
 
2.1.Puxtalik haqidagi asosiy ma’lumotlar
Puxtalik nazariyasi hamma fanlar qatori bir qator tushuncha va ta’riflarga 
tayangan bо‘ladi. Puxtalikning asosiy terminologiyasi 13377-75 davlat standarti 
bо‘yicha aniqlangan. 
Puxtalikning barcha terminlari umumiy tushunchalari bilan birgalikda tо‘rtta 
gruppaga bо‘lish mumkin: 
- obyektlar;
- hodisa va holatlar;
- xususiyatlar;
- sonli kо‘rsatkichlar. 
Obyektlar deganda, belgilangan amaliyotni bajarishga mо‘ljallangan texnik 
sitemalarga, mashina va mexanizmlarga va ularning elementlari tushuniladi. 
Texnik sistema deganda – belgilangan amaliyotni mustaqil bajarishga 
yо‘naltirilgan, о‘zaro birgalikda harakatlanuvchi elementlar tо‘plami tushuniladi. 
Element esa – texnik sistemaning bir qismi bо‘lib (detal, uzel, agregat) 
muayyan bir amaliyotni bajaradi. 
Texnologik mashinalarning puxtaligini о‘rganish jarayonida, mashina va 
mexanizmlarni texnik sistema tarzida kо‘rilib, bir qator uzel, agregat va 
elementlardan tashkil topganligiga amin bо‘lish mumkin. 
Mahsulot deganda – texnik sistema yoki uning elementlari tushuniladi. Har 
bir sanoat korxonasi ishlab chiqargan narsa mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun 
puxtalik nazariyasi va amaliyotini о‘rganish jarayonining asosiy obyekti bо‘lib 
sanoat mahsuloti hisoblanadi. 
Mahsulot turlariga qarab kо‘pgina puxtalik kо‘rsatkichlari va darajalari, 
ya’ni ta’mirbopligi yoki ta’mirbop emasligi aniqlanadi. 
Ta’mirlab bо‘lmaydigan mahsulotlar birinchi bor ishdan chiqqunga qadar 
ishlaydi va uni qayta tiklab bо‘lmaydi (lampochka, saqlagich va h.k.). 


Ta’mirbop mahsulotlar esa bir necha bor ishdan chiqishiga qaramay 
ta’mirlangandan keyin о‘z ish faoliyatini davom ettirish xususiyatiga ega bо‘ladi 
(tishli g‘ildiraklar, tirsakli vallar va h.k.). 
Hodisa va holatlar. Ushbu gruppadagi tushuncha uch turdagi ta’rifni 
ifodalaydi: ishga yaroqlilik, nosozlik (nuqsonlik), ishga yaroqsiz. 
Ishga yaroqlilik – bu obyektni shunday holatiki, unda qо‘yilgan hamma 
talablari tо‘liq bajargan holda belgilangan topshiriqni normativ-texnik hujjatlarda 
kо‘rsatilgan talab darajasida bajarilishi ta’minlanadi. 
Texnologik mashina va jixozlarning ishga yaroqliligini baholashda, 
ekspluatatsiya jarayonidagi aniq ish sharoitini hisobga olish lozim: 
tashqi muhitdagi holat (harorat, namlik, chang-tо‘zon va h.k.); 
tezlik rejimi va mashinani smenada ishlash tartibi; 
boshqaruvchi personalning kvalifikatsiyasi; 
ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ularning sifati. 
Texnologik mashinalarning asosiy kо‘rsatkichlari, mehnat unumdorligi va 
bajargan ishning sifati orqali belgilanadi. 
Buzilmasdan ishlashlikni asosiy kо‘rsatkichi, belgilangan muddatda 
kо‘rsatilgan ish hajmini bajarish jarayonida ishdan chiqmaslik ehtimolligini 
aniqlaydi; 
P(t)q
1
-N
0
/N, 
bu yerda N- partiyadagi mashinalar soni; N
0
– t vaqt ichida buzilgan (ishdan 
chiqqan) mashinalar soni. 
Mashina nuqsonli bо‘lishliligi bilan birga ishga yaroqliligini yо‘qotmasligi 
mumkin, lekin transport holatida ishlatilishi mumkin.
Ishga yaroqsizlik holati. Ishga yaroqsizlik holatidagi buzilishlikoqibatida 
sodir bо‘ladigan jarayonga aytiladi.
Puxtalik nazariyasining asosiy vazifalaridan biri ishga yaroqsizlik holatlarini 
о‘rganish va sabablarini aniqlashdan iborat. Bunday holatlarni tez-tez takrorlanib 
turish sabablari ishlash jarayonida kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar ta’sirida 
detallarning о‘zgarishi, ekspluataiya rejimini о‘rganish mashinalarni olati va 
hokazolar mashinalar puxtaligini va uzoqqa chidamliligini kо‘rsatuvchi omillar 
bо‘lib hisoblanadi.
Xususiyat – ushbu holat quyidagi tushunchalarni о‘z ichiga oladi: puxtalik, 
chidamlilik, ta’mirboplik va saqlanuvchanlik. 
Puxtalik – mashina va mexanizmlar tomonidan berilgan topshiriqni texnik 
hujjatlarda kо‘rsatilgan talablar darajasida bajarilishini ta’minlash, texnik xizmat 
kо‘rsatish, foydalanish sharoiti, ta’mirlash mumkinligi, saqlanuvchanligi va teran 
sportirovka qilishlik mumkinligi va hokazolar orqali belgilanadi. 


Puxtalik xususiyati faqat mashinalarni ishlatilish jarayoni orqali aniqlanadi 
va texnik xizmat kо‘rsatiladi. 
Puxtalik xususiyatlarini aniqlashning fanda quyidagi turlari ma’lum: 

puxtalikni hisoblash usuli, mahsulotni loyihalash jarayonida olib 
boriladigan hisob-kitob ishlari va sinov ishlari; 

texnik puxtalik – berilgan rejimda mahsulotni sinash orqali aniqlanadi; 

operativ puxtalik – ta’mirlash ishlariga sarflangan vaqt orqali aniqlanadi; 

buzilmasdan ishlashlik deganda mahsulot ishlash qobiliyatini tinimsiz 
ma’lum muddatgacha davom ettirilishi yoki ma’lum soatgacha ishlashligi 
tushuniladi.
Buzilmasdan ishlashlik tushunchasi mahsulot (mashina va mexanizmlar) 
kо‘rsatilgan muddat davomida yoki belgilangan soat davomida buzilmasligi kerak. 
Chidamlilik deganda – mashina va mexanizmlarga о‘z vaqtida texnik xizmat 
kо‘rsatilishi va ta’mirlanishi talab darajasida olib borilganda ishlash qobiliyatini 
oxirgi holatigacha yо‘qotmasligi tushuniladi. Mashina va mexanizmlarning oxirgi 
holati normativ-texnik hujjatlarida qayd etilgan bо‘ladi. 
Ta’mirboplik – mashina va mexanizmlarni ta’mirbopligi xususiyati 
shulardan iboratki , buzilish oqibatlarini oldindan ogohlantirish va buzilish 
sabablarini aniqlash bilan birgalikda ularga о‘z vaqtida texnik xizmat kо‘rsatish va 
ta’mirlash orqali amalga oshiriladi. 
Mashina va mexanizmlarni ta’mirbopligi ekspluatatsion xarakteristikasini 
muhim kо‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Mashina va mexanizmlarning ta’mirbopligi 
qancha yuqori bо‘lsa, unga sarflanadiganxarajat va vaqt shuncha tejaladi hamda 
mashina va mexanizmlarni ishga layoqatsizlik holati shuncha kam bо‘ladi. 
Mashina va mexanizmlarni ta’mirbopligi buzilmasdan ishlashlik va 
chidamlilik xususiyailari bilan chambarchas bo’liq bо‘lib, qancha kam buzilsa, 
shuncha kam sarf xarajat va mehnat qilinadi hamda ishlab chiqarishda uzoq 
muddat foydalaniladi. 
Sonli kо‘rsatkichlar deganda, mashina va mexanizmlarni bajargan ishlar 
hajmi bilan о‘lchanib, ular soatlar va hokazolar bilan aniqlanadi. 
Sonli kо‘rsatichlarni hisoblash va nomenklaturasini aniqlash esa mashina va 
mexanizmlarni turlari va bajargan ishlari orqali olib boriladi. 
Tehnikaning ekspluatatsiya joyida ta’mirlash imkoniyati va iqtisodiy 
tomondan maqsadga muvofiqligiga qarab ta’mirlanadigan va ta’mirlanmaydigan 
turlarga bo’linadi. Rejali ta’mirlanuvchi qurilmalar ishlash qobilyatining 
yo’qotilishi jarayoniga qarab:
1) Yeyilish va metallning toliqishi natijasida eskiruvchi; 
2) Korroziya natijasida eskiruvchi; 
3) Kombinatsiyali eskiruvchilarga bo’linadi. 


Detallarning holati tuzuk (soz), nosoz, ishga yaroqli va ishga yaroqsiz 
bo’lishi mumkin. 

Yüklə 226,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin