1.6. Issiqlik sig’imi
Jismni bir gradusga isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori jismning issiqlik sig’imi deb aytiladi.Turli xil moddalarni bir xil temperaturagacha isitish uchun ularning har biriga turlicha miqdordagi issiqlik energiyasini uzatish zarur bo’ladi. Bu hol moddaning agregat holatiga va tuzilishiga bog’liq.
Bu ta’rifdan moddaning issiqlik sig’imi jismning ekstensiv xossasi ekanligi kelib chiqadi. Haqiqatan ham, ayni jism tarkibidagi moddalar qanchalik ko’p bo’lsa, shu jism issiqlik sig’imining kattaligi ham shunchalik katta bo’ladi.
Modda miqdori birligining issiqlik sig’imi solishtirma issiqlik sig’imi deb aytiladi.Solishtirma issiqlik sig’imi moddaningt intensiv xossasidir, ya’ni uning kattaligi moddaning tizimdagi miqdoriga bog’liq bo’lmaydi.Biz bundan buyon faqat solishtirma issiqlik sig’imi bilan ish olib borishimiz tufayli solishtirma issiqlik sig’imini soddagina qilib issiqlik sig’imi deb ataymiz.
O’rtacha va haqiqiy issiqlik sig’imi
Issiqlik sig’imini c simvoli bilan belgilaymiz. Issiqlik sig’imining keltirilgan ta’rifidan
(1.36)
ekanligi kelib chiqadi.
Bu yerda t1 – boshlang’ich temperatura;t2 – oxirgi temperatura;
q1–2 – t1 temperaturadan t2 temperaturagacha isitish jarayonida modda miqdori birligiga keltirilgan issiqlik.
Issiqlik sig’imi o’zgarmas kattalik emas. Temperatura o’zgarishi bilan u o’zgaradi, shuning uchun ham (1.36) nisbat yordamida aniqlanadigan issiqlik sig’imi haqiqiy issiqlik sig’imi deb aytiladigan issiqlik sig’imidan farqli o’laroq t1–t2temperaturalar intePvalidagi o’rtacha issiqlik sig’imi deb aytiladi.
Haqiqiy issiqlik sig’imi, jismga uni isitish jarayonida keltiriladigan issiqlik miqdoridan shu jismning temperaturasi bo’yicha hosila olib aniqlanadi:
(1.37)
bundan
(1.38)
Massaviy, molyar va hajmiy issiqlik sig’imi
Termodinamikada issiqlik sig’imi massaviy, molyar va hajmiy issiqlik sig’imlariga ajratiladi. Moddaning massasi birligining temperaturasini 1S ga o’zgartirish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori massaviy issiqlik sig’imi deb aytiladi:
Moddaning hajm birligiga keltirilgan issiqlik sig’imi hajmiy issiqlik sig’imi deb aytiladi:
(1.40)
Moddaning bitta moli (yoki kilomoli) ga keltirilgan issiqlik sig’imi molyar issiqlik sig’imi deb aytiladi:
(1.41)
Yuqoridagi kattaliklar o’rtasida quyidagidek bog’liqlik mavjud:
c=c/; (1.42)
c1=c/22,4 (1.43)
va
c1= c (1.44)
Dostları ilə paylaş: |