Ma`ruza 5 Mavzu Amaliy metodlar turlari va tavsifi reja
4.Amaliy ishlarga tayyorlanish bosqichlari Amaliy ishlarga tayyorlanish odatda uzoq vaqtni talab qiladi va bir necha bosqichdan iborat boiadi: 1. 0 ‘quvchilaming nazariy tayyorlanishi. Masalan, maktaboldi yer maydoniga sabzavot va manzarali o’simliklarni o’tqazish oldidan o’quvchilar ularning urugiarining unib chiqishini uzoq vaqt kuzatadilar. Uyda, tirik tabiat burchagida yoki darsda bolalar o’simlik urug‘dan asta-sekin va muayyan sharoit (namlik, havo, issiqlik) boigandagina rivojlanishini aniqlaydilar. Olingan nazariy bilimlar o’quvchilarni o’zlariga ajratijgan paykalda yoki tirik tabiat burchagida amaliy ishlarni diqqat bilan, yodda saqlab bajarishga imkon beradi. Nazariy tayyorgarlikdan keyin bolalar ekish vaqtida tuproqning yumshoq, nam va issiq bo’lishi kerakligini bilib oladilar, amaliy ishda faol qatnashadilar. 2. Amaliy ishda o’quvchilarning barchasi qatnashishlari lozim. Buning uchun bolalarni ish bajarishga kerak boiadigan ish qurollari, asbob-uskuna va materiallar bilan ta’minlash zarur. Masalan, gerbariy tuzish uchun yigilgan o’simliklar solinadigan papka, qalin qog‘oz yoki karton varagi, ip, igna boiishi lozim. 3. O'quvchilarning amaliy ishlari o’qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi. U ishni bajarishda qiynalganlarga o’z vaqtida yordam berishi lozim. Biroq bunda bolalarning faolligi hamda mustaqilligini chegaralamaslik kerak. 4. 0 ‘quvchilarning ishlari albatta tahlil qilinadi va baholanadi, muvaffaqiyatli bajarganlar rag£batlantiriladi. Bu ishlarning bajarilishi o£quvchilarning bilish faolligini oshirishda, bilimlarni konkretlashtirish va mustahkamlashda o£qituvchiga yordam beradi. Birinchi sinfda bolalar amaliy ish ko£nikmalarini hali egallamagan bo’ladilar. Shuning uchun dastlabki paytlarda amaliy ish mashq qilish xarakterida boiadi. Masalan, tushda (kunning o’rtasida) soyaning qoziqdan uzunligini aniqlashga yoki havo haroratini oichashga va ularning natijalarini yozib borishga o’rgatish uchun uzoq vaqt mashq qilish kerak boiadi. O'quvchilar oddiy, ko’p vaqt va urinishni talab qilmaydigan topshiriqlardan asta- sekin ancha murakkabroq vazifalami bajarishga o’tadilar. Vaqt o’tishi bilan amaliy ishlar tobora mustaqillashib borishi kerak. 0 ‘qituvchining amaliy ishlarga rahbarlik qilish shakllari ham o’zgarib bormog£i lozim: agar birinchi darslarda har bir o’quvchiga bosqichlar bo’yicha batafsil yo’l-yo’riq berish kerak bo’lsa, yilning ikkinchi yarmida ish bo’yicha sinfdagi barcha o’quvchiga ko’rsatma berish kifoyadir. Amaliy ish o’tkazishda o’qituvchi o’quvchilar asoslanadigan bilimlar saviyasini aniqlash kerak. Barcha tajriba va amaliy ishlar «Kundalik kuzatishlar daftari» ga qayd qilinadigan yozuvlar bilan birga olib borilishi kerak. Shuningdek, rasmlar chizish, plastilindan obyektlar yopishtirish, tabiiy materiallarni modellashtirish ham tavsiya qilinadi. Bunda o’quvchilar tasvirlanadigan jism yoki hodisaga diqqat bilan qaraydilar, ulardagi ilgari e’tibor berilmagan xususiyatlarni payqaydilar. Amaliy ishlar vaqtida xulosalarni yozib borish yoki rasmlar ostiga yozuvlar yozish bolalarga ta’riflarni aniqlab olishga, tabiatshunoslik atamalarini esda saqlashga yordam beradi. Amaliy ishlarni tajriba va kuzatishlar bilan bog‘lab olib borish kerak. Chunonchi, qizdirganda va sovitganda suv haroratining o’zgarishini kuzatish oldidan o’quvchilar suvning uch holatda bo’lishi, haroratning o’zgarishi bilan ular bir-biriga o’tishi to’g‘risida bilim olishlari kerak. 0 ‘quvchilar termometr tuzilishini bilishlari va undan foydalana olishlari lozim. Ular 2- sinfda olgan bilimlaridan erkin foydalana olishlari uchun o'qituvchi awal suhbat, keyin amaliy ish o’tkazadi, bu vaqtda kerakli tajribalami takrorlaydi, termometrni qarab chiqishni taklif qiladi. Ilgari o’tkazilgan tajribalarga mavjud bilim,uquv hamda ko’nikmalarga murojaat qilish zarur, chunki bu o'quvchilarning aqliy faolligini oshiradi, yangi bilimlarni yaxshiroq o’zlashtirilishiga yordam beradi.