Ma'ruza Geoinformatsion tizimlarni sinflanishi, modellarning xususiyatlari va qoʼllash uslubiyati. Reja



Yüklə 346,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü346,49 Kb.
#166551
  1   2   3   4   5   6
7-ma\'ruza



6
7
-
Ma'ruza
 
Geoinformatsion tizimlarni sinflanishi, modellarning xususiyatlari va qoʼllash 
uslubiyati.
Reja:
1.Geoaxborot tizimini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari
2.Geoaxborot tizimini turizmda qo‘llash masalalari
3.Ilmiy va amaliy faoliyatlarda geoaxborot tizimlari
1.Geoaxborot tizimini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari
GIS asosiy ilm va texnologiyalarga tayanadi va bunday soha fanlari bilan yaqin
aloqada bo‘ladi, jumladan: geografiya, kartografiya, aerokosmik metodlar, geodeziya,
fotogrammetriya, informatika, matematika, statistika va boshqalar (1-rasm).
Geografiya:
– GIS asosida geografiya tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, ularning kelib
chiqishi, o‘zaro bog‘liqligi va er yuzida tarqalishi mohiyatini tushuntiradi; uzoq
muddatli fazoviy tahlil tajribasiga asoslanib, ularni tadqiq qilish metodlarini amalga
oshirish imkonini yaratadi; har qanday tadqiqot va qarashlarga GIS fazoviy
yondashish kerakligini ta’kidlaydi;
- geografiya fani o‘z oldida turgan vazifalarini echishda GISdan foydalanib, juda
zarur bo‘lgan kuchli metodik qurolga ega bo‘ladi.
Kartografiya:
- hozirgi vaqtda GISga kiritilayotgan asosiy manbalar - kartalar va
tasvirlanadigan asosiy ma’lumotlar ham kartalarda bo‘lib hisoblanadi;
- kompyuter grafikasi esa kartografik manbalarni raqamli bayon etishga o‘z
usullarini taqdim etadi;

kartografiya 
GISdan 
foydalanish 
mobaynida 
ixtiyoriy 
kartografik
mahsulotlarni yaratish uchun kuchli vosita va juda katta hajmdagi qurilmalarga ega
bo‘ladi.
1-rasm. GISning tadqiqot uslublari
Masofadan turib zondlash:
– samolyot yoki boshqa vositalardan olingan suratlar GIS uchun asosiy
geografik ma’lumotlar manbai bo‘lib hisoblanadi;
- masofadan turib olingan zondlash materiallari deshifrovka qilingach, GISning
boshqa turdagi ma’lumotlari qatlamlari bilan osongina birlashtiriladi;
- rasmlar orqali taxlil ishlarini GISning o‘ta murakkab analitik funksiyalari
yordamida bajariladi.
Geodeziya:
- Erda olib borilgan plan olish natijasidan yuqori aniqlikdagi topografik karta, u
asosida esa ko‘plab mavzuli kartalarni tuzish imkoni yaratiladi;



- Erning va boshqa planetalarning shakli va o‘lchamlari haqida sifatli 
ma’lumotlar olishni, er yuzasidagi tayanch nuqtalarni aniqlash metodlarini ishlab 
chiqishni, erlardan foydalanishda ekin turlari chegaralarini aniq belgilashni 
ta’minlaydi;
- qishloq xo‘jalik erlarining holatini va ulardan foydalanish karta va planlarni 
GPS va elektron taxeometrlarni qo‘llash asosida tuzish metodlari va uslublari 
o‘rganiladi.
Fotogrammetriya:
- er yuzasida joylashgan obektlarning o‘rnini, o‘lchamini va shaklini aniqlash 
metodlarini fotografik tasvirlar orqali ishlab chiqadi, bular esa aero- va kosmik 
fotosuratlarni qayta ishlash texnologik jarayonining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
Informatika:
- avtomatik loyihalashda, ma’lumotlarni kiritish, tasvirlash va uzatishda, u 
asosida esa uch o‘lchamli ob’ektlarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi;
- kompyuter grafikasida erishilgan yutuqlar grafikli ob’ektlarni qayta ishlashda, 
namoyish etishda, ayniqsa nashr qilish vositalarida keng ishlatilmoqda;
- ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (SUBD) - ma’lumotlarni raqamli 
ko‘rsatishda, katta hajmli axborotlarni tizimini o‘rganishda va qayta ishlashda, ularga 
murojaat qilishda, saqlashda va yangilashda etarli darajada usullar bilan 
ta’minlamoqda;
Matematika va statistika:
- GIS matematikaning turli sohalarida - geometriya, shakllar va ma’lumotlar 
bazasi nazariyasi, boshqarishni optimallashtirish, statistika va boshqarish tizimlarini 
loyihalashda, fazoviy ma’lumotlarni taxlil qilishda va modellashtirishda keng 
qo‘llanilmoqda.
Hozirda GIS Er yuzasining millionlab tadqiqotchilariga xizmat qilayotgan soha 
hisoblanadi. Ular GISni turli sohalarda qo‘llamoqdalar – global muammolarni 
o‘rganishda (xududlarning ifloslanishi, qishloq xo‘jaligini qayta tashkil etish, tabiiy 
ofatlarni o‘rganish va h.k.) va amaliy masalalarni echishda (punktlar orasidagi 
masofalarni aniqlashda, yangi aholi punktlarini optimal joylashtirishda, elektr 
energiyasi va neft va gaz tarmoqlarini o‘tkazishda, mahaliy boshqarish 
tashkilotlarining er munosabatlari masalalarini echishda va h.k.). Bunday yirik 
masalalar GISda qanday echiladi? Buning uchun GISning tuzilishi, ishlash prinsipi va 
undan foydalanish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 346,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin