Ma’ruza N 5. MARKAZDAN QOCHMA NASOSLARNING SO’RISHINI BOSHQARISH VA ULARNI KETMA-KET VA PARALLEL ULASH.
Reja:
Nasoslarning so’rishini boshqarish;
Nasoslarni ketma-ket ulash;
Nasoslarni parallel ulash;
Nasoslarni ulash shartlari;
Nazorat savollari.
Nasoslarning so’rishini boshqarish va ularni ketma-ket va parallel ulash.
Nasoslar, odatda quvirlar tizmida xosil qilinishi zarur bo’lgan eng ko’p so’rish sarfiga qarab tanlab olinadi. Lekin nasoslarning ishlatish vaqtida, ko’pincha xaydash quviriga kamroq sarf yuborish zarurati tug’ilib qoladi, ya'ni so’rishni ancha keng chegara oralig’ida o’zgartirib turish kerak bo’ladi. Amalda sarfni boshqarishni bir qancha usullari mavjud:
a) Boshqarishni drossellash usuli kurakli nasoslar uchun eng ko’p tarqalgan usuldir.
b) Nasosning aylanish sonini o’zgartirish usuli.
v) Bir qism sarifni qaytarish usuli.
Nasoslarni ketma-ket ulash.
Rasmda nasoslarni ketma-ket ulashning ikki xil chizmasi tasvirlangan.
Nasoslarni parallel ulash.
Bu usul bir necha nasos yordamida baravar suyuqlik tortib, bitta quvirga xaydashdan iboratdir.
Bu holda har bir nasosning ishlashi qarshi bosimning kattaligiga bog’liq. Agar ikki nasos parallel ishlasayu, ulardan birining sarfi ham, bosimi ham katta bo’lsa, bu holda ikkinchi nasosning bosimi qaytarilib (ikkinchi nasos bo’g’ilib), Umumiy quvirga beradigan sarfi 0 ga teng bo’ladi. Bazi holda bosimi past nasosda suyuqlik teskari tomonga (nasos ishlab turishiga qaramay) xarakat qilib, so’rish quviridan qaytib tushishi mumkin. Shuning uchun nasoslarni parallel ulashda ularning umumiy xarakteristikasini bilishdan tashqari, xar bir nasosning xarakteristikasini bilish va uni qaerga joyloshtirishni aniqlash zarur bo’ladi.
Shunday nasoslarni parallel ulashni turli usullari bo’lishi mumkin:
1) Ikki, uch va bir qancha nasoslar birga ishlashi mumkin;
2) Birga ishlayotgan nasoslarning xarakteristikalari bir xil yoki har xil bo’lishi mumkin.
3) Nasoslarning so’rish sharoiti bir hil yoki o’zgarib turuvchi bo’lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan nasoslarning parallel ulashlarining har hil usullari 1 - rasmda keltirilgan va ularning asosiy xarakteristikalari 2 - rasmda keltirilgandir. Nasoslarning parallel ulashdan asosiy maqsad bir xil bosimda beriladigan sarfning qiymatini orttirishdir, ya’ni:
Nazorat savollari.
Nasoslarning so’rishini boshqarish va ularni ketma-ket va parallel ulash qanday amalga oshiriladi?
Nasoslarni ketma-ket ulash shartlari?
Nasoslarni parallel ulash shartlari?
Nasoslarni sarfini yoki bjsimini oshirish uchun nima qilish kerar?