Uzaytirilgan yo‘llanma - diametri 426 mm x 50 metr;
Konduktor - diametri 299 mm x 520 metr;
Oraliq himoya tizmasi - diametri 219 mm x 3070 metr;
Ishlatish tizmasi - diametri 140 mm x 3500 metr.
Diametri 426 mm bo‘lgan uzaytirilgan yo‘llanma to‘rtlamchi va neogen yotqiziqlarining yuqori qismini, hamda quduq ustki qismini yuvilishlardan saqlash uchun tushiriladi.
Diametri 299 mm bo‘lgan konduktor tizmasi neogen, paleogen va senon yotqiziqlaridagi o‘pirilishga molik bo‘lgan nomustahkam tog‘ jinslarini va yutilish zonalarini yopish maqsadida tushiriladi.