maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


Diametri 219 mm bo‘lgan texnik himoya tizmasi bo‘r va yuqori yura yotqiziqlarini yopish, kerakli geologik-geofizik ma’lumotlarni olish maqsadida tushiriladi



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə27/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

Diametri 219 mm bo‘lgan texnik himoya tizmasi bo‘r va yuqori yura yotqiziqlarini yopish, kerakli geologik-geofizik ma’lumotlarni olish maqsadida tushiriladi.

Texnik tizmani - mahsuldor gorizontni ochishda otilishga qarshi uskuna (priventor) ni o‘rnatish uchun tizma sifatida ham ishlatiladi.

Diametri 140 mm bo‘lgan ishlatish tizmasi yura yotqiziqlaridagi o‘tkazuvchan qatlamlarni bir-biridan ajratish, quduqni mahsuldorligini sifatli sinab ko‘rish va neft-gaz uyumi kattaliklarini aniqlash maqsadida tushiriladi. Loyihalanayotgan ishlatish tizmasining ichki diametri quduqni sifatli sinab ko‘rishni ta’minlashi kerak.

Loyihalangan himoya tizmalarining tashqi diametri (426, 299, 219 va 140 mm) neft-gaz qidiruv ekspeditsiyalarining qidiruv va izlov quduqlarini qazish bo‘yicha orttirilgan tajribalariga asoslangan holda tanlanadi.

Loyihalanayotgan himoya tizmalari uchun burg‘ilash ishlari diametri 490; 393,7; 269,9; 190,5 mm bo‘lgan burg‘ilar yordamida amalga oshiriladi. Bu kattalikdagi burg‘ilar bilan burg‘ilangandan keyin, quduqqa himoya tizmalarini tushirish va mustahkamlash ishlari hech qanday mushkulotlarsiz amalga oshiriladi.

Quduq konstruksiyasi quyidagi asosiy texnik talablarga javob berishi kerak: quduqni loyihadagi chuqurlikkacha ishqalsiz yetkazish; mahsuldor gorizontni optimal usullar bilan ochish;

Mahsuldor gorizontni ochishda qatlamning haqiqiy o‘tkazuvchanligini saqlab qolishi kerak;

Qidiruv quduqlarini burg‘ilash uchun loyiha tuzishda ko‘pincha geologik sharoit noma’lum bo‘ladi yoki yetarli darajada to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shuning uchun quduq konstruksiyasini tanlashdagi birinchi talabni bajarish uchun quduq stvolida zahira oraliq qoldiriladi, qaysiki mushkulotlar tug‘ilganda rezerv himoya quvurini tushirish uchun.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin