Bosim ekvivalenti gradiyenti deganda quduq tubida suyuqlik zichligining ustun bosimi, qatlam bosimi yoki qatlamni gidroyorilish bosimiga teng bosim hosil qilishi tushuniladi.
Masalan Fan maydonida neft va gaz quduqlarini qurishda quduq konstruksiyasini tanlash misolini ko‘rib chiqaylik:
Fan maydoni O‘zbekiston respublikasi Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida joylashgan. O‘roqboy, Ayzovat, Eshonquduq, Yangiariq kabi qo‘shni maydonlarda qazilgan qidiruv quduqlarida sanoat-geofizika usulida qatlam bosimini to‘liq o‘rganilgan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, ularning gradiyenti 1,0dan 1,10 kgs/sm/m. gacha o‘zgaradi. (paleogen va bur yotqiziqlarida). Bosim o‘zgarishi grafigidan ko‘rinib turibdiki, quduq kesimida burg‘ilashni qiyinlashtiradigan uchta oraliq bor va ularni har birini himoya tizmasi bilan yopish talab etiladi. Shuning uchun quduq konstruksiyasi uch xil tur va kattalikdagi himoya tizmalaridan iborat bo‘lishi va ular 520, 3070 va 3500 metr chuqurliklarda tushirilishi kerak. Bundan tashqari Uroqboy, Ayzovat, Yangiariq, Eshonquduq maydonlarida qazilgan quduqlar misolida ko‘rish mumkinki, to‘rtlamchi yoshdagi tog‘ jinslarining mustahkam emasligi tufayli ular yuvilib ketadi. Bu yuvilishlarni oldini olish uchun, bu tog‘ jinslarini 50 metr chuqurlikka tushiriladigan himoya tizmalari bilan yopish kerak.
Quduqni qazishni geologik-texnik shartlaridan kelib chiqqan holda quyidagi quduq konstruksiyasi tanlangan: