Shulardan eng ko‘p ishlatiladigani 3-sharoshkali burg‘ilardir.
Yuvuvchi yoki haydovchi kanalining joylashish va konstruksiyaga qarab quyidagi turlarda ishlab chiqariladi: S-markazdan yuvish teshigi bo‘lgan;
G-chekka (yon) gidromonitor teshiklari yordamida yuviladigan;
P-markazda haydash teshigi (produvka) bo‘lgan;
PG-chekka (yon) tomonda haydash teshigi bo‘lgan.
Gidromonitorli burg‘ilarni (nasadka) teshigini almashtirsa bo‘ladigan holda ishlab chiqariladi. Bunda yuvuvchi teshikning ostki qismida uya (gnezdo) bo‘ladi va bu uya mustahkam (yemirilmaydigan) materialdan tayyorlangan nasadkalarni almashtirish uchun xizmat qiladi. Buning qulayligi shundaki, burg‘iga hoxlagan diametrdagi nasadkalarni o‘rnatish mumkin. 2-sharoshkali burg‘ilar yumshoq va qovushqoq tog‘ jinslarini burg‘ilash uchun ishlatiladi. 2-sharoshkali burg‘ilar 2-ta yon tomonda gidromonitor teshiklari bo‘lgan holda ishlab chiqariladi. Bu gidromonitor teshiklarga hoxlagan diametrli nasadkalarni o‘rnatish mumkin.
1-sharoshkali burg‘ilar katta chuqurlikda yotgan qattiq tog‘ jinslarini burg‘ilash uchun ishlatiladi.