M, MS, S, ST va T turidagi burg‘ilarda tishlar sharoshkaning tanasini o‘zidan chiqarilgan.
MZ, MSZ, SZ, TZ, TKZ, K va OK turidagi burg‘ilarda esa har xil formadagi qattiq materialdan tayyorlangan tishlar sharoshka tanasidagi teshiklarga qotirilgan (zapressovani).
M-turidagi burg‘ilar yumshoq tog‘ jinslarini burg‘ilash uchun mo‘ljallangan. Masalan: Qattiq to‘proq qatlamini, ohaktoshlashgan, qumlashgan, alevrolit va qumtosh, mergel, ohaktosh, ayrim hollarda argellit qatlamchalarining yupqa qalinligi aralashgan to‘proq qatlamini burg‘ilash uchun mo‘ljallangan.
MZ-yumshoq, chaqiq (abraziv) tog‘ jinslarini burg‘ilash uchun mo‘ljallangan. Masalan: 1.Ohaktoshlashgan argellitlarning ketma-ketligi, kvarslashgan argellitlar, qumtoshlar va to‘proqli slanslarni burg‘ilash uchun mo‘ljallangan.
2. To‘proq, alevrolit va qumtoshlarning ketma-ketligi, orasida mergel va mergelli ohaktoshlar bo‘lgan tog‘ jinslarini.