1. Parafinli uglevodorodlar (alkanlar), umumiy formulasi ;
2. Naftenli uglevodorodlar (siklanlar), umumiy formulasi ;
3. Aromatik uglevodorodlar (arenlar), umumiy formulasi .
Neftning asosiy qismini yuqorida keltirilgan har uchala guruhdagi uglevodorodlarning murakkab aralashmasi tashkil etadi. Uglevodorodlar molekulalarining tuzilishi ularning kimyoviy tarkibi va fizik xossalarini belgilaydi. Shuningdek, qazib olinayotgan neft va gaz tarkibida turli xildagi mexanik gazlar, metallar va ularning uglevodorodli birikmalari uchraydi.
Neft tarkibi ko‘plab metanli (parafinli), naftenli va aromatik uglevodorodlardan iborat bo‘lganligi uchun ularning agregat holatlari ham turlicha bo‘ladi. Metanli uglevodorodlar S5N12 dan S16N34 gacha oddiy haroratlarda suyuq holda bo‘ladi. va undan yuqori uglevodorodlar qattiq holda bo‘lib, uglevodorodlarning izomerlari xona haroratida suyuq holda bo‘ladi. Qattiq uglevodorodlarga parafinlar kiradi. Parafinlar neftda erigan holatda 5-10% miqdorda bo‘ladi. Oddiy naftenli va aromatik uglevodorodlar suyuq holda, ikki, uch va undan yuqori xalqalardan tuzilgan uglevodorodlar esa qattiq holatda bo‘ladi.
Bundan tashqari neft tarkibida smola va har xil moddalar ko‘rinishida kislorodli, oltingugurtli, azotli va boshqa uglevodorodlar mavjud. Suyuq parafin uglevodorodlar gazsimon uglevodorodlardan eng yengili pentan , undan keyin geksan , geptan , oktan va boshqalar gacha hisoblanadi. Pentan yana ikki xil izomer: izopentan va neopentan ko‘rinishlarida uchraydi. Geksan da 4 ta izomer (izo-), geptan da 8 ta izomer (izo-), oktanda da 17 ta izomer (izo-) bor. Molekulada uglerod atomlari sonining oshishi bilan izomerlar soni ham keskin oshadi, masalan, tarkibli uglevodorodning 802 ta, tarkibning esa 1858 ta izomerlari mavjud bo‘lishi mumkin.