so‘rib olinayotgan muxitning qovushqoqligi hamda uning tarkibida qattiq moddalar miqdorining bo‘lishiga bog‘liq ravishda plunjer va silindr o‘rtasidagi tirqishning qiymatlarini o‘rnatish va ta’minlash;
muxitning qovushqoqligi, tirqish va tushirilish chuqurligi kabilarga bog‘liq ravishda plunjer uzunligini tanlash.
Quduqda qo‘llanilgan NKQ diametri nasos turini va o‘lchamlarini tanlash bo‘yicha cheklanishlar bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Nasoslarni tanlashda avval qanday nasos turi g‘ quvurli yoki yasama quduq uchun qo‘llanilishi lozimligini bilish kerak. Bu holda yuqori qovushqoqli suyuqliklarni so‘rib olish uchun qalin devorli yasama nasoslar qo‘llanilishini hisobga olish zarur. Bunday turdagi nasoslarning quvurli nasoslarga nisbatan asosiy afzalliklaridan biri NKQini joyida qoldirib nasosning o‘zini tushirib ko‘tarish afzalligi quduqda ko‘targichning bo‘lishini quvurli nasoslarga nisbatan 50% ga qisqartidi.