Nasos to‘ldirilish koeffitsiyenti qancha katta bo‘lsa, R shunchalik kichik bo‘ladi, ya’ni silindrga kelayotgan erkin gaz hajmi oz bo‘ladi. Nasos to‘ldirilish koeffitsiyentini quyidagilar orqali oshirish mumkin:
-plunjerning pastki qismiga so‘ruvchi klapan qo‘yish orqali foydasiz hajmni kamaytirish, hamdaplunjer yo‘li uzunligini oshirish hisobiga;
-nasosning dinamik satxga tushish chuqurligini oshirish orqali nasos silindriga kelayotgan erkin gaz hajmini kamaytirish;
-quvurlararo fazoning nasos qabul qilayotgan qismidan qisman gaz chiqarib ketuvchi – gaz yakorlarini o‘rnatish.
Kon amaliyotida uzatish koeffitsiyenti quduq mahsulotini nasosning qabul qilish klapanidan to quduq ustigacha bo‘lgan barcha yo‘qotilishlarni hisobga oladi. NNQ va klapanlarda suyuqlikni sizilishi bo‘lmagan holda, uzatish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: ηpod = ηlּηnּηus
bu yerda: ηn=Spl/S plunjer va silliq shtokning yurish uzunliklarini bir-biriga farqlanishni hisobga oluvchi koeffitsiyent; ηn - nasosning to‘ldirilishi koeffitsiyenti, nasosning bir irg‘alanishdagi to‘lgan suyuqlik hajmidan nasos yuqoriga uzatgan suyuqlik hajmidan farqini hisobga oladi; ηus - tindirish koeffitsiyenti, nasosaga kirish bosimi yer yuzasi atmosfera bosimiga tushirishdagi suyuqlik hajmi kamayishini hisobga oladi.
Nasosning uzatish koeffitsiyenti quduq mahsulotini nasosning qabul qilish klapanidan to quduq ustigacha bo‘lgan barcha yo‘qotishlarni hisobga oladi. Plunjer va silliq shtokning uzunliklarining bir biridan farq qilishi nasos shtangalari va quvurlarning suyuqlik og‘irliklari ta’sirida deformatsiyalanishi bilan hamda ishqalanish kuchlari va denamik zo‘riqishlari bilan izohlanadi.
SHCHN bilan ishlatiladigan kam mahsulli barcha neft konlaridan foydalanish davomida vaqt o‘tishi bilan kon quduqlarining suvlanganlik darajasining oshishi natijasida qazib olinayotgan neft tarkibida suv miqdoriga mos ravishda tuzlar va mexanik qo‘shimchalar ham oshib boradi.
Konlarning va foydalanilayotgan qatlamlarning turli xilligi tufayli quduqlarning standartlashgan tavsifnomalari bo‘lmaganligi sababli ishlatiladigan shtangali chuqurlik nasoslarining aniq o‘rnatilgan tanlash uslubiyoti mavjud emas. Quduqlar stvolining texnik bajarilishi, ya’ni zaboyi, egriligi va qiyaligi; mahsulotning qovushqoqligi, zichligi, harorati, uning tarkibida mexanik qo‘shimchalarning va korrozion faol komponentlarning bo‘lishi; qazib olinayotgan suyuqlikning galilik omili va unda suv miqdorining oshishi; qatlam bosimlari bo‘yicha geologik ma’lumotlarning turliligi va kolonnalardagi suyuqliklar satxlarining har xilligi barcha quduqlar nasoslarni tanlashning universal uslubiyoti va ulardan foydalanish bo‘yicha bir xil talablarning o‘rnatilish imkoniyatini bermaydi.
Har qanday konda ham shtangali chuqurlik nasoslari konstruksiyalariga yuqori ishlov berish darajasi, har xil bajarilishlarda bo‘lishi, ularning detallarining har xil materiallardan bajarilishi va ularni to‘liq o‘zaro almashtirish mumkinligi nasoslarning uzoq vaqt sobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatini ta’minlaydi.
Ammo SHCHN larning uzoq vaqt beto‘xtov ishlashi har bir alohida quduqlarning sharoitiga mos ravishda ularning turi va konstruksion bajarilishini to‘g‘ri tanlash sharoitlaridagina ta’minlanishi mumkin.