Quduqni qurish tugatilgandan keyin barcha omborlar va transheyalar ko‘milishi, burg‘ilash maydonchasi rekultivatsiya qilinishi kerak.
Rekultivatsiya deganda – burg‘ilash uskunalarini maydonga olib kelishdan avval vaqtinchalik foydalanishga olingan 4-gektar yerning 25-30 sm qalinlikdagi ustki mahsulot ekiladigan qismi buldozerlar yordamida yig‘ib, bir chekkaga to‘plab qo‘yiladi. Burg‘ilash ishlari tugatilgandan keyin barcha burg‘ilash uskunalari maydonchadan olib chiqib ketiladi. Shlam omborlari va transheyalar ko‘miladi va burg‘ilash ishlarini boshlashdan oldin yig‘ib olingan to‘proq qatlami o‘z o‘rniga qaytariladi.