maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə30/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

Quduqlar tasnifi.

Quduqlar geologik tekshiruv, qidiruv va konlardan neft, gaz mahsulotlarini yer yuzasiga chiqarish uchun burg‘ilanadi.

Quduqlar vazifasiga qarab bir necha turlarga bo‘linadi:

1. Tayanch quduqlari,

2. Parametrik quduqlar,

3. Tuzilmali (strukturniy) quduqlar,

4. Qidiruv quduqlari,

5. Izlov quduqlari,

6. Ishlatish (ekspluatatsion) quduqlari,

7. Maxsus quduqlar.

1. Tayanch quduqlari - cho‘kindi tog‘ jinslarini joylashishini, gidrogeologiyasini, tog‘ jinslarining tarkibini, neft-gaz hosil bo‘lishi geologiyasini, geofizikasini aniqlash uchun burg‘ilanadi.

2. Parametrik quduqlar - neft-gaz hosil bo‘lishini geologik-qirqimlarini ko‘rish va kelajakda geologiya qidiruv ishlarini kengaytirish uchun burg‘ilanadi. Tayanch quduqlaridan olingan ma’lumotlarga aniqlik kiritadi.

3. Tuzilmali quduqlar - tayanch va parametrik quduqlarni bergan ma’lumotlari bilan tuzilmani aniqlash uchun va geologiya qidiruv ishlarini kengaytirish uchun, neft-gaz qatlamlarini qanday joylashganini aniqlash, geofizik tekshiruv ishlari ma’lumotiga asosan neft-gaz qatlamini tuzilma xaritasini tuzish uchun burg‘ilanadi.

4. Izlov quduqlari - tayanch, parametrik va tuzilmali quduqlarning bergan ma’lumotlariga tayanib, neft-gaz quduqlarini ochishda aniqlik kiritadi. Neft-gaz qatlamidan namuna olib, tarkibi tekshirilib, uning qanday joylashganligiga aniqlik kiritadi.

5. Qidiruv quduqlari - oldingi hamma quduqlarni ma’lumotlarini olib, neft-gaz konlarini konturini, miqdorini, zahirasini aniqlashda va neft-gaz qazib chiqarishda loyiha tuzish uchun burg‘ilanadi.

6. Ishlatish (ekspluatatsion) quduqlari - shu ochilgan neft-gaz konlaridan mahsulot olish uchun burg‘ilanadi. Bu quduqlarni samarali ishlashi uchun yana uch turdagi quduqlar kaziladi:


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin