maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə4/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

Fan bitiruvchining UMK-1; UMK-2; UMK-3; UMK-4; UMK-7; UMK-9; UMK-13; umummadaniy kompetensiyalari va KK-9: KK-17 kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga mo‘ljallangan.

Fanning mazmuni umumkasbiy fanlar bloki moduliga kiruvchi 1-semestrda o‘rganiladigan matematika, fizika, kimyo bo‘yicha olingan bilimlarni jalb qilish orqali izoh etiladi.

Fan quyidagi yo‘nalishlarni yoritadi: neft va gaz sanoati sohasi rivojlanishida texnikaning o‘rni va sohada texnika va texnologiyalar rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari; neft va gazning hosil bo‘lishi va fizik-kimyoviy tasniflari, yotishi sharoitlari, uglevodorodli konlarning turlari; neft va gaz konlarini izlash va razvedkasi texnika va texnologiyalari; neft va gaz quduqlarining axamiyati va konstruksiyalari, burg‘ilash va kon mashinalari va jihozlari; neft-gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish, neft va gazni qazib olish texnika va texnologiyalari; neft va gazni tashish uchun yig‘ish va tayyorlash; neft va gaz inshootlari quvurlarining o‘ziga xos xususiyatlari; neft va gazni saqlash omborlari; neft va gazni qayta ishlash asosiy texnologik jarayonlari; yonilg‘i va moylash materiallarini ishlab chiqarish; neft va gazni qayta ishlash jihozlari; neft va gaz sanoati uchun polimer materiallar va kimyoviy reagentlar ishlab chiqarish; neft-gaz xomashyosidan samarali foydalanish; neft va gaz ishlab chiqarishda resurs va energiyatejamkor texnologiyalarning istiqbollari; zamonaviy neft-gaz texnologiyalarining ekologik tavsifnomalari.

Fanni o‘qitish o‘quv jarayonini tashkil etishning ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar shakllarida jihozlarning konstruksiyalari va ishlashlarini o‘rganish orqali kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bu turlarda bilim berish o‘quv filmlarini namoyish qilish orqali, talabalarning mustaqil ishlarini bajarishlari va fan bo‘yicha maslahatlar bilan to‘ldiriladi.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin