MA’RUZA.
Keys-stady o‘qitish texnologiyasi
Keys texnologiyasini umumiy tavsifi va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning didaktik ahamiyati. Keyslarni yaratish metodikasi
So‘nggi vaqtlarda “Keys-stadi” metodi xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika ta’limida ham obora ommalashib bormoqda. SHu sababli ayni o‘rinda ushbu metod (texnologiya) mohiyati xaqida so‘z yuritiladi.
“Keys-stadi” texnologiyasi (ingl. “case” – chemodan, metod,“study” – muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammolivaziyatlarni tahlil qilish)
• 1) talabalarda aniq, real muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko‘nikmalarinishakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya;
• 2) real vaziyatlarni bayon etishda qo‘llaniladigan o‘qitish texnikasi
Texnologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Tahlil ko‘nikmalari va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.
2. Nazariya va amaliyot birligini ta’minlash.
3. Muammo yuzasidan turli qarashlar va yondashuvlarni namoyish qilish.
4. Qarorlar qabul qilish va uning oqibatlariga doir mulohazalarni taqdim etish.
5. Noaniqliklar mavjud bo‘lgan sharoitda muqobil
6. variantlarni baholash ko‘nikmalarini shakllantirish
Darhaqiqat, keys-stadi tinglovchilarni har qanday mazmunga ega vaziyatni o‘rganish va tahlil qilishga o‘rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular kuyidagilardir: ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to‘plash, ularni o‘rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o‘qituvchi va tinglovchi (tinglovchi) o‘rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o‘quv natijalari. “Keys-stadi” texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQSHning Garvard universitetining huquq maktabida ta’lim jarayonida qo‘llanilgan. Ushbu texnologiya Garvard universitetining biznes maktabida 1920 yilda qo‘llanila boshlangan. Keyslarning ilk to‘plami 1925 yilda biznes haqidagi Garvard universiteti hisobotlari asosida chop etilgan. Hozirda texnologiya xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekistonda mazkur texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo‘lidagi harakatlar mustaqillik yillarida faollashdi. Zamonaviy o‘qitish amaliyotida o‘quv keyslarining quyidagi turlari qo‘llanilmoqda .
“Keys-stadi” yordamida tinglovchilar quyidagi ko‘nikma, malakalarga ega bo‘ladi:
1. Tahliliy ko‘nikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).
2. Amaliy ko‘nikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo‘llay bilish).
3. Ijodiy ko‘nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni echish muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha echimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi).
4. Muloqot ko‘nikmalari
5. Ijtimoiy ko‘nikmalar
6. O‘z-o‘zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o‘zini tuta bilishi, boshqalarga namuna bo‘lishi muhim)
Har o‘qituvchi keys-stadiga asoslangan o‘quv topshiriqlarining puxta asoslanishiga erisha olishi lozim. Keys topshiriqlarining amaliy-didaktik xarakterga ega bo‘lishi uchun ularni ishlab chiqishda quyidagilarga e’tiborni qaratish talab etiladi:
- maqsad aniq ifoda etish (maqsad ikki xil (yoki undan ortiq) tushunilmasligi;
- savol yoki topshiriqlar ma’lum darajada murakkab bo‘lishi;
- ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotning bir necha jihatini yorita olishi;
- tezda o‘zining amaliy ahamiyatini yo‘qotmasligi;
- milliy xususiyatlarni o‘zida namoyon eta olishi;
- ta’limning barcha yo‘nalish yoki sohalariga oid tipik vaziyatlarni ifodalashi;
- dolzarb ahamiyatga ega bo‘lishi;
- talabalarda tahliliy tafakkurni rivojlantirishi;
- bahs-munozarani tashkil etish imkoniyatini yaratishi;
- bir necha echim (qaror)ni ilgari surish imkoniyatini ta’minlay olishi
O‘quv keyslarining muhim xarakterli jihatlari tinglovchilarga muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan tinglovchilar e’tiboriga adabiyotlar ro‘yxatining taqdim etilishi, ularga metodik ko‘rsatma, yo‘riqnomalarning berilishi va albatta, o‘qituvchi tomonidan muammoning echimi bo‘yicha o‘z variantining taqdim etilishi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |