Relyatsion MB munosabatlarni o`zaro bog`langan to`plamidir. Har bir munosabat kompyuterda fayl ko`rinishida tasvirlanadi.
Fayl
Жадвал
Муносабат
Моҳият
Yozuv
Satr
Kortej
Mohiyat nusxasi
Maydon
Ustun
Atribut
Atribut
Munosabatlar jadval ko`rinishida berilganda quyidagi xossalarga ega bo`ladi.
Munosabatlar jadval ko`rinishida berilganda quyidagi xossalarga ega bo`ladi.
Jadvalni har bir elementi ma`lumot elementi hisoblanadi va takrorlanuvchi guruhlar bo`lmaydi.
Barcha ustunlar jadvalda bir jinslidir.
Har bir ustunda nom tayinlanadi.
Jadvalda bir xil satr ikki marta uchramaydi
Jadvallar o`rtasidagi bog`lanish turlari
Jadvallar o`rtasidagi bog`lanish bo`ysunish munosabatini aniqlaydi. Bunda biri asosiy (Master),ikkinchisi bo`sinuvchi (Detal) bo`ladi.
O`rnatilgan bog`lanish “asosiy-bo`ysinuvchi” yoki “master-detal” deb ataladi.
Boglanishlarning quyidagi turlari mavjud:
“Birga - bir”;
“Birga – ko`p”;
“Ko`pga - bir”;
“Ko`pga – ko`p”;
Birga - bir bog`lanish
«Birga - bir» bog‘lanish asosiy jadvaldagi bitta ma’lumotga bo‘ysinuvchi jadvaldan bitta ma’lumotni tug‘ri kelishini anglatadi. Bunda:
Asosiy jadvaldagi har bir ma’lumot uchun bo‘ysinuvchi jadvalda ma’lumot mavjud;
Bo‘ysinuvchi jadvalda asosiy jadvaldagi ma’lumotlarga mos ma’lumot mavjud emas.
«Birga - bir» bog‘lanish asosan jadvallarni bo‘lishda ishlatiladi.
«Birga - bir» bog‘lanish oddiy bog‘lanish bo‘lib bunda birlamchi kalit boshqa bir jadvalni birlamchi kalitiga murojat qiladi.