Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar


I. Matematik diktant (takrorlash)



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə56/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

I. Matematik diktant (takrorlash)
1. 80 ni 20 ga kamaytirish.
2. 46 ni 4ga orttirish.
3. Kamayuvchi 80, ayriluvchi 6. Ayirmani toping.
4. Birinchi qo'shiluvchi 30, ikkinchisi 18. Yig‘indini toping.
5. Yig‘indi 40 ga teng, birinchi qo‘shiluvchi 8. Ikkinchi
qo‘shiluvchini toping.
6. Birinchi qo‘shiluvchi 50, ikkinchisi 4. Birinchi qo‘shiluvchi
ikkinchisidan qanchaga katta ekanligini toping.
Tekshiruv. O’qituvchi javoblarni aytadi, o‘quvchilar esa o‘z natijalarini
svetofor yordamida tekshiradilar.


13.4-§. Boshlang‘ich sinflarda 10, 100, 1000 va ko‘p xonali sonlar ustida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi.
Boshlang’ich sinflarda 10 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o’rgatish mеtodikasi. Birinchi sinfga kelgan o’quvchilar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo’ladi. O’quvchilar bog’chasi yoki ba’zi oilalarda tayyorgarligi bor o’quvchilar 1-10 gacha sonlarni o’qish, sanash, teskari sanash, yozish malakalariga ega bo’ladilar. Ammo, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo’lmagan o’quvchilar keladilar. Shuning uchun o’qituvchinig vazifasi 1-sinfga kelgan o’quvchilarning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o’qish boshlanguncha yoki birinchi haftadayoq amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo’lishi mumkin:
1. Sanashni bilasizmi? Sanang-chi?
2. Doiracha, cho’p, bayroqchalarni sanang-chi?
3. Stolda qancha qalam bo’lsa, shuncha bayroqcha oling?
4. Qaysi doirachalar ko’p? Qizillarimi, Ko’klarimi?
5. Tartib bilan qo’yilgan narsalarni tartib bilan sanang.
6. Berilgan narsalardan o’xshashlarini ajrating.
7. Berilgan narsalarni o’lchamlari bo’yicha tartiblang.
8. O’ngdan ikkinchida joylashgan rasmning nomini toping.
9. Chapdan birinchida joylashgan rasmning nomini toping.
10. Yuqoridan birinchida joylashgan rasmning nomini toping.
11. Pastdan oxiridagi rasmning nomini toping.
12. Uy hayvonlarini ko’rsating.
13. Yovvoyi hayvonlarini ko’rsating.
14. 5-1, 8-2, 4-3, 4+1, 6+2 kabi savollar.
1-sinf matematika darsligida o’quvchilarga 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni o’rgatishdan oldin narsalarning to’plamlari o’rgatiladi. 1-sinf matematika darsligidagi 1-mavzu “Narsalar va ularning xossalari” bo’lib, unda o’quvchilar narsalarning nomlarini aytishadi. Har bir narsa nima vazifa bajarishini va bu narsalarni o’quvchilar qayerlarda foydalanishlari mumkinligi, nima uchun kerakligni o’rganadilar.

  • 2-mavzu esa “O’xshashlik va farqlanish” bo’lib, unda o’quvchilar narsalarning turlari bo’yicha, rangi bo’yicha va h.k. bo’yicha farqlashni o’rganadilar.

  • 3-4-mavzular esa “Narsalarning o’lchamlari bo’yicha taqqoslash” bo’lib, unda o’quvchilar bir turdagi narsalarning katta-kichikligi bo’yicha, uzun va kaltaligi bo’yicha, ingichka va yo’g’onligi bo’yicha farqlashni o’rganadilar.

  • 5-6-mavzular esa “Narsalarning o’zaro joylashuvi” bo’lib, unda o’quvchilar o’ng tarafdagi narsaning nomini ayting, chap tarafdagi narsaning nomini ayting, va h.k. (tepa, pasta, yuqori, yon, o’rta, o’ngdan ikkinchi, chapdan birinchi, yuqoridan o’ng)dagi narsaning nomini ayting kabi savollarga javob beradilar. O’quvchilar bu mavzuda o’ngda, chapda, tepada, pastada, yuqorida, yonida, o’rtada, o’ngdan ikkinchida, chapdan birinchida, yuqoridan o’ngda kabi tushunchalarni o’zlashtiradilar.

  • 7-mavzu “Narsalarni xossalari bo’yicha to’plamlarga ajratish” bo’lib, bu mavzuda o’quvchilar narsalarning turlari bo’yicha to’plamlarga ajratishni o’rganadilar. Masalan, uy hayvonlari to’plami, Yovvoyi hayvonlar to’plami, sabzavotlar to’plami, o’yinchoqlar to’plami, geometrik shakllar to’plami va h.k.

  • 8-mavzu “To’plamlarni tashkil qilgan narsalar soni bo’yicha taqqoslash” bo’lib, bu mavzuda o’quvchilar bir toplamdagi narsalarni bir biri bilan taqqoslashni va ikki yoki undan ortiq to’plamlarni bir biri bilan taqqoslashni o’rganadilar. Masalan, suvdagi g’ozlar ko’pmi yoki quruqlikdagi g’ozlar ko’pmi?, tovuqlar ko’pmi yoki jo’jalar ko’pmi?, kvadratchalar ko’pmi yoki doirachalar ko’pmi? Bu savollarga o’quvchilar to’plamdagi narsalarni sanab ko’rish orqali javob berishi mumkin. Agar to’plamlarni qiymati sonlarda berilgan bo’lsa, o’quvchilar sonlarni bir-biri bilan taqqoslash yo’li bilan savollarga javob berishni o’ganadilar.

  • 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni raqamlash 9-mavzudan ya’ni “1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarning atalishi” mavzusidan boshladi. “Narsalarning sanog’i va ketma-ketligi”, “Katta, kichik, teng tushunchalari” mavzularini o’quvchilarga o’qitish davomida o’quvchilarda 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni sanash va ularning tartibi to’g’risida tushunchalar paydo bo’ladi. O’quvchilarga 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlar o’rtasiga munosabat belgilarini qo’ya olish ko’nikmasi shakllanadi. O’quvchilarda sanoq malakasini hosil qilinadi. Sonlar qatorini hosil qilish malakasishakllantiriladi. 10 ichida raqamlashda o’qituvchining vazifasi o’quvchilarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berishi va bu asosda natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat.

Quyida o’quvchilarga 10 ichida raqamlashni o’rgatish bo’yicha ba’zi tushunchlarni berilgan.
O’quvchilar 1 soni mavzusiga qadar 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni sanay oladi. Ularni bosma shaklini taniy oladi; taqqoslay oladi; tartib bilan sonlarni joylashtira oladi. Bu mavzuda o’quvchilarga 1 soni yozilishini o’rgatiladi va 1 soni haqida o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malaka hosil bo’ladi. 1-sinf o’quvchilari o’quv yilining birinchi yarmida O’zbekiston Respublikasi xalq ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun mo’ljallangan matematika daftaridan foydalanishadi. Bu daftarning kataklari 12 vaqorli oddiy katak daftarning kataklaridan 1,5 marotaba katta hisoblanadi. Bu esa endigina yozishni o’rganayotgan o’quvchilar uchun ancha qulaylik tug’diradi.
1 sonining yozma shakldagi yozilish qoidasi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm

1 sonini yozilishini o’rgatilgandan keyin, o’quvchilar daftar kataklariga 1 sonini yozib chiqadilar. 1 sonini mustaxkamlash uchun bir nechta misollar keltiriladi.
2-rasm.

2 sonini o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarga 1 sonidan keyin nechchi keladi deb savol beradi. O’quvchilar esa 2 soni keladi deb javob berishadi. 2 sonining yozilish qoidasi o’rgatiladi va 2 soniga bir nechta misollar keltiriladi. 2 sonining yozma shakldagi yozilish qoidasi 3-rasmda keltirilgan.


3-rasm

2 sonini yozilishi o’rgatilgatiladi va o’quvchilar daftar kataklariga 2 sonini yozib chiqadilar. 2 soniga misollar keltirilgandan keyin ikkining tarkibi o’rgatiladi.
4-rasm

2 sonining tarkibi:


2 sonining tarkibini o’rgatishda 1+1= va 2-1= kabi sonli ifodalar bajariladi. 2 > 1; 1 1; 2 2; 1 2 kabi munosabat belgilarini to’g’ri qo’ya olishni ya’ni sonlarni taqqoslashni o’rgtiladi.
3 sonini o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarga 1 soni dan keyin nechchi keladi, 2 sonidan keyin-chi deb savol beradi. O’quvchilar esa 1 sonidan keyin 2 soni keladi, 2 sonidan keyin esa 3 soni keladi deb javob berishadi. 3 sonining yozilish qoidasi o’rgatiladi va 3 soniga bir nechta misollar keltiriladi. 3 sonining yozma shakldagi yozilish qoidasi 5-rasmda keltirilgan.
5-rasm
3 sonini yozilish qoidasi o’rgatilgatiladi va o’quvchilar daftar kataklariga 3 sonini yozib chiqadilar. 3 soniga misollar keltiriladi va 3 sonining tarkibi o’rgatiladi.
Masalan: kubiklarni sanang, ikkita kubikka yana bitta kubik qo’shilsa nechta bo’ladi? Uchburchaklarni sanang, bitta uchburchakka yana bitta uchburchak qo’shilsa nechta bo’ladi? Ikkita ucburchakka yana bitta uchburchak qo’shilsa nechta bo’ladi?
6-rasm

Daraxtda ikkita olmaxon bore edi, unga yana bitta olmaxon kelib qo’shildi. Daraxtda nechta olmaxon bo’ldi?

Daraxt shoxchasida uchta barg bor. Ulardan bittasi uzilib tushdi. Daraxt shoxchasida nechta barg qoldi?

3 sonining tarkibi:

3 sonining tarkibini o’rgatishda 1 + 1 + 1 = 2 + 1 = 3 – 1 =
1 + 2 = 3 – 2= kabi amallar bajariladi.

3 > 2 1 3 3 2 kabi sonlarni taqqoslashlarni o’rgtiladi.
4 sonini o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarga 1 soni dan keyin nechchi keladi, 2 sonidan keyin-chi, 3 sonidan keyin-chi deb savol beradi. O’quvchilar esa 1 sonidan keyin 2 soni keladi, 2 sonidan keyin esa 3 soni keladi, 3 sonidan keyin esa 4 soni keladi deb javob berishadi. 4 sonining yozilish qoidasi o’rgatiladi va 4 soniga bir nechta misollar keltiriladi. 4 sonining yozma shakldagi yozilish qoidasi 6-rasmda keltirilgan.
6-rasm

4 sonini yozilish qoidasi o’rgatilgatiladi va o’quvchilar daftar kataklariga 4 sonini yozib chiqadilar. 4 soniga misollar keltiriladi va 4 sonining tarkibi o’rgatiladi.
Masalan: pastdan yuqoriga qarab har bir satrdagi kvadratchalarni sanang, yuqoridan pastga qarab har bir satrdagi kvadratchalarni sanang.

Ko’ldagi barg ustida uch dona qurbaqa o’tiribdi. Ularga yana bitta qurbaqa kelib qo’shildi. Ko’ldagi barg ustida yana bitta kubik qo’shilsa nechta bo’ladi? Uchburchaklarni sanang, bitta uchburchakka yana bitta uchburchak qo’shilsa nechta bo’ladi? Ikkita ucburchakka yana bitta uchburchak qo’shilsa nechta bo’ladi?



4 sonining tarkibi:



4 soning tarkibini o’rgatish davomida o’quvchilarga 3 ga 1 ni qo’shish va 4 dan 1 ni ayirish, 4 ichida sonlarni taqqoslash o’rgatiladi.

5 sonini o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarga 4 soni dan keyin qaysi son keladi deb savol beradi. O’quvchilar esa 5 soni keladi deb javob berishadi. 5 sonining yozilish qoidasi o’rgatiladi va 5 soniga bir nechta misollar keltiriladi. 5 sonining yozma shakldagi yozilish qoidasi 7-rasmda keltirilgan.


7-rasm

5 sonini yozilish qoidasi o’rgatilgatiladi va o’quvchilar daftar kataklariga 5 sonini yozib chiqadilar. 5 soniga misollar keltiriladi va 5 sonining tarkibi o’rgatiladi. Masalan: Likopda nechta olma bor?

5 sonining tarkibi:



5 sonini o’qitishda 5 gacha bo’lgan sonlarni sanash, teskari sanash, bir biri bilan taqqoslash topshiriqlar beriladi. 5 soniga misollar keltiring. 4 ga 1 ni qo’shsa nechchi bo’ladi, 5 dan 1 ni ayirsa nechchi bo’ladi kabi misollar beriladi.


10 ichida qolgan sonlarni ham shu tartibda o’rgatiladi. Faqat sonning qiymati kattalashgan sari uning tarkibi va shu son ichida barajish mumkin bo’lgan sonli tengliklar soni ko’payib boradi.

0 sonini o’quvchilarga tushintirish biroz qiyin tuyulishi mumkin. 1-sinf matematika darsligida 9 soni mavzusidan keyin 0 soni va raqami mavzusi keladi. 0 gacha bo’lgan mavzularda o’quvchilarga faqat son tushunchasi beriladi. O’quvchilar bu sonlar haqida tasavvur hosil qilganlaridan keyin 0 soni va raqami mavzusi o’rgatiladi. 0 sonini ba’zi o’qituvchilar “yo’q son” deb tushuntirishadi. 0 soni yo’q son emas. 0 sonini o’quvchilarga uyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan: bu sonning qiymati 0 ga teng, daraxt shoxidagi giloslar soni 0 ga teng, vazadagi gullar soni 0 ga teng, qalamdondagi qalamlar soni 0 ga teng, va h.k.
0 sonini mustahkamlash maqsadida quyidagi mashqlarni berish mumkin.
Daraxt shoxchasida 3 ta gilos bor edi. Sardor kelib 1 ta gilosni uzib ketdi. Keyin Sanjar kelib 1 ta giloni uzib ketdi. Oxiri Sarvar kelib 1 ta gilosni uzib ketdi. Daraxt shoxchasida nechta gilos qoldi?




Guldonda 5 ta gul bor edi. Guldondagi gullarning hammasini Lola olib ketdi. Guldonda nechta gul qoldi?


O’quvchilar 5 dan 5 ni ayirib 0 hosil qiladilar. Demak guldondagi gullar soni 0 ga teng deb javob beradilar.
0 sonini mustahkamlashda

1 – 1 =
2 – 2 =
3 – 3 =
4 – 4 =

5 – 5 =
6 – 6 =
7 – 7 =
8 – 8 =

9 – 9 =
0 – 0 =
0 + 0 =



kabi amallarni bajarish va ular yuzasidan masalalar tuzish va ularni yechish maqsadga muvofiqdir. Maktab darsligida bu misollarning barchasi berilmaydi.

Lekin o’qituvchi qiymati 0 chiqadigan ifodalarning barchasini o’quvchilarga o’rgatishi va bajartirishi kerak.


1 0 sonini o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarga sizlar o’rgangan 1 da 9 gacha bo’lgan 9 ta son va 0 soni jami 10 ta son ham son ham raqam hisoblanadi. Shu raqamlardan sonlar tuziladi. O’qituvchi o’quvchilarga 9 soni dan keyin 10 soni keilshini aytib o’tadi. 1 raqamidan keyin 0 raqamini yoziladi. Keyin ikki raqamni birga o’n soni deb ataladi. 10 sonining yozma shakldagi yozilish qoidasi 8-rasmda keltirilgan.


8-rasm

1 o’nlik 10 ga teng, 10 ta birlik 1 ta o’nlikka teng deb o’rgatiladi.

10 sonini yozilish qoidasi o’rgatilgatiladi va o’quvchilar daftar kataklariga 10 sonini yozib chiqadilar. 10 soniga misollar keltiriladi va 10 sonining tarkibi o’rgatiladi.
Masalan: chapdan o’ngga qarab sanaganda qaysi o’rindiqlar bo’sh turibdi? O’ngdan chapga qarab sanaganda-chi? Jami nechta o’rindiq bo’sh turibdi?

Nechta qush bor?



10 sonining tarkibi:

Raqamlashni bilish natijasida o’quvchilar quyidagilarga erishadilar:
1. 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o’zlashtirish.
2. Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko’rsatilganda har bir narsaning tartib nomerini aytib bera olishi.
3. Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil bo’lishi (1 ni qo’shish yoki 1 ni ayirish bilan).
4. Raqamlarni o’qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar to’plamini mos keltirishi.
5. Sonlarning katta, kichik, tengliklarini bilish.
6. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha qo’shiluvchilardan iborat qilib yoza olishni.
7. 21, 4-1, 13 kabi yozuvlarni o’qiy olishi va natijasini hisoblay olishi;
8. Doira, kvadrat, uchburchaklarni bir-biridan farqlab, nomlarini aytish va ularni chiza olishi;
Natijada quyidagi savollarga qiynalmasdan javob bera oladigan bo’lsin:
1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin? 415, 6-15 kabi.
2. Son qanday ataladi va u bosma va yozma raqamlar bilan qanday yoziladi?
3. Berilgan son bilan qo’shni sonlar orasida qanday munosabatlar mavjud? (<,>, )
10 ichida sonlarni raqamlashda quyidagi bilim, malaka va ko’nikmalarni egallab olishi kerak.
1. 1-10 raqamlashni va ketma-ketligini.
2. har qanday sonning sonlar qatoridagi o’rnini.
3. Sonlarni taqqoslashni (<,>, ) belgilarni qo’ya olishi.
Bu bosqichda o’qituvchining vazifasi o’quvchilarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat.
Buning uchun o’quvchilar quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur:
1) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o’zlashtirib olishlari kerak;
2) Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko’rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib nomerini aytib bera olishlari kerak;
3) Sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo’lishini ongli o’zlashtirishlari kerak;
4) Raqamlarni o’qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo’ya olishlari kerak;
5) Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;
6) 2,3,4,5 sonlarning ikkita qo’shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o’zlashtirib olishlari kerak;
7) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko’rinishdagi matematik yozuvlarni o’qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo’yishlarini bilishlari kerak.

  1. Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.

  2. O’quvchilarni nol raqami bilan tanishtirish.

  3. 10 ichidagi sonlarning tarkibini ayta olishi kerak. Bu kelgusida o’nlikdan o’tib qo’shish va ayirishda juda qo’l keladi.

Bu vazifalardan kelib chiqib mavzuni o’rganish rejasi tuzuladi. Natural sonlar tartibi o’quvchilarda bu qatorning hosil bo’lish tushunchalarini ongli o’zlashtirishiga imkon beradi. SHunga e’tibor qilish kerakki har gal avalgi o’tilgan raqamlar qatori qayta ko’rib chiqiladi va o’rganilayotgan yangi raqamlar ilgarigi tartibni davomi ekanligiga diqqat qaratiladi.
Natural qatordagi o’rganilayotgan har bir yangi raqam ko’rgazmali material bilan tushuntiriladi, so’ngra, yig’indi va ayirma belgilari bilan yozib ko’rsatiladi. Bu bilan qo’shish va ayirish amallarini o’rganishga zamin hozirlanadi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin