o‘quvchilar mustaqil ishlashlari uchun topshiriqlar tizimi berilishi;
o‘quvchilarning savollarga beradigan javoblari yoki bajarilgan topshiriqlar natijalari tegishli baholanishi lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ta’lim jarayoni tashkil etishga metodik yordam sifatida nashr qilinadigan qo‘llanmalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
qo‘llanma darslik mavzulariga to‘laligicha mos va ishlatishga qulay bo‘lishi;
har bir mavzu bo‘yicha o‘qitish metodlari aniq bayon etilgan bo‘lishi hamda maqsadlar aniq bo‘lishi;
qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlar ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishi va o‘quvchilarni baholash uchun topshiriqlar tizimi keltirilishi;
material mazmuni aniq va ravon bayon etilishi;
qobiliyatli o‘quvchilar uchun etarli darajada qo‘shimcha materiallar berilishi;
Ko‘rgazmali qurollarning tabiiy materiallar, illyustrastiyalar, chizmalar, video va audio materiallar kabi turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi talabalarga javob bergandagina ta’lim jarayonida foydalanishga yaroqli hisoblanadi:
o‘quv materiali mazmuniga mos bo‘lishi;
o‘quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli bo‘lishi;
asosiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
rang baranglik va xilma-xillikka e’tibor qaratish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan o‘quv topshiriqlartizimi test topshiriqlari, tarqatma materiallar, o‘yin topshiriqlari kabi shakllarda qo‘llaniladi va ularni tayyorlashda quyidagi talablar inobatga olinadi:
o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va o‘quv materiali mazmuniga mosligi;
vaqt va foydalanish imkoniyatlarini inobatga olish;
o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishga va ta’lim samaradorligini oshirishga e’tibor qaratilganligi;
o‘quvchilarning katta qismini jalb etish.
13.3-§.Raqamlashga o‘rgatishda matematik diktantning o‘rni.