Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar


Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə52/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o’quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o’quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy jihatdan foydalidir. O’quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi o’qituvchi uchun har bir o’quvchi faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo’lmaydigan ustunligi hisoblanadi.
Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog’liq..
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko’rsatilgan:

  • aralash darslar;

  • yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo’yicha yoki umumlashtirishlarni anglab yetish va o’zlashtirish maqsadiga ega darslar;

  • bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;

  • o’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;

  • malaka va ko’nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;

  • bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o’rganish darsi;

  • o’z tuzilishi bo’yicha oddiy bo’lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo’lgan dars turlari (o’rta va katta sinflarda qo’llash uchun mos keladi).

Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U pedagogik jarayonning yaxlitligini ta’minlaydi va ta’limiy-tarbiyaviy-rivojlantirish vazifalarini ijobiy yechimini topishga imkon beradi.
Dars rivojlanishining asosiy tendentsiyalari darsga bo’lgan talablarda o’zining aniq ifodasini topadi.
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:

  • fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;

  • darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;

  • o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish;

  • ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;

  • shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;

  • o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;

  • pedagogik vositalardan samarali foydalanish;

  • zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;

  • mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;

  • har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish.

Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshharuvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo’yilavdigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o’zib ketish” darajasidagi o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag’batlantirish, o’quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg’ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin