Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar


Boshlang’ich ta’limda mehnat va matematika fanlarini o’rganishda fanlararo aloqadorlik



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə7/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

Boshlang’ich ta’limda mehnat va matematika fanlarini o’rganishda fanlararo aloqadorlik. Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishdan asosiy maqsad o’quvchilarda predmetlarlarning soni, shakli, rangi buyicha zarur tasavvurlar hosil qilish va yuqori sinflarda matematikani puxta o’rgansh uchun zamin yaratishdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kuzatuvchanlikni rivojlantirish xususiyati shundan iboratki, matematika obyektiv borliqni o’rganish bilan bir vaqtda o’rganilayotgan voqea va predmetlarni konkret mazmunidan moddiy dunyoning eng umumiy tomonlariga tegishli bo’lmagan, uning miqdoriy tomonlariga hamda fazoviy shakl va munosabatlariga tegishli bo’lmagan hamma narsaga nisbatan abstraksiyalanadi. Matematikaning buyuk kuchi ham shundadir, tushunchalarning abstraktligi va umumiyligidadir, boshqa o’quv fanlari bilan har tomonlama ko’plab munosabatlar, bog’lanishlar o’rnatish imkoniyatlari ana shundadir. Bunday bog’lanishlarni o’rnatishda umumiy faktlarni,(yani son haqidagi, geometrik figuralar, miqdorlar shakllar haqidagi tasavvurlar va elementlar tushunchalar: har xil malaka va ko’nikmalar, faoliyat turlari o’qitishning forma va metodlarini asos qilib olish mumkin.
2.3. “Matematika o‘qitish metodikasi” fani tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari, uning mazmuni.
Boshlang‘ich matematikasining tuzilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Arifmetik materiallar kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar arifmetikasi, asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat. Bundan tashqari bu kurga geometriya elementlari va boshlang‘ich algebra elementlari birlashadi.
2. Boshlang‘ich kurs materiali kontsentrik tuziladi. Dastlab birinchi o‘nlik sanoqlarini nomerlash o‘rgatiladi. Bu sonlarni yozish uchun raqamlar kiritiladi, qo‘shish va ayirish amallari o‘rganiladi. So‘ngra yuz ichidagi sonlarni nomerlash va arifmetik amallar bajarish o‘qitiladi. Undan keyin ming ichida arifmetik amallar bajarish keyin ko‘p honali sonlar ichida arifmetik amallar bajarish o’rgatiladi.
3. Nazariy va amaliy harakterdagi masalalari o‘zaro organik bog‘langan harakterga ega. Ko‘pgina nazariy masalalar induktiv ravishda kiritiladi, ular asosida esa amaliy harakterdagi masalalar ochib beriladi. Masalan: ko‘paytirishning taqsimot xossasi xususiy faktlarni umumlashtirish asosida kiritiladi. Shundan so‘ng bu xossadan foydalanib Ushbu ko‘paytirish usuli ochib beriladi: 13∙6=(10+3)∙6=10∙6+3∙6=60+18=78
4. Kursda matematik tushunchalar xossalari, qonuniyatlari o‘zaro bog’lanishda ochib beriladi. Bu fakt arifmetik, algebraik va geometrik material orasidagi bog‘lanish bo‘lmay, balki kursning turli tushunchalari, xossalari, qonuniyatlari orasidagi ichki bog‘lanishdir. Masalan, arifmetik amallarni o‘rganishda ularning xossalari orasidagi aloqa va bog‘lanishlar ochib beriladi. Bu ma‘lum qonuniyatlarga ega bo‘lgan arifmetik amallar tushunchasini chuqur ochib berishga, bolalarni funksional tasavvurlar bilan boyitishga imkon beradi.
5. Matematika kursi shunday tuzilganki, uni o‘rganish jarayonida har qaysi tushuncha o‘zaro rivojlanashda bo‘ladi. Masalan, arifmetik amallarni o‘rganishda dastlab ularning konkret ma‘nosi, so‘ngra amallarning xossalari, komponentlar va amallar natijalari orasidagi hamda amallar orasidagi bog‘lanishlar bilan birgalikda ochib beriladi. Tushunchalarni kiritishda bunday yondashish boshlang‘ich sinf o’quvchilarining yoshiga bog‘liq imkoniyatlariga mos keladi, matematika materialini yetarlicha egallash imkonini beradi.
6. Tajriba ko‘rsatishicha, o‘xshash yoki o‘zaro bog‘liq masalalarni taqqoslab o‘rganish maqsadga muvofiqdir, bu holda muhim o‘xshash va farq qiladigan momentlarni darhol ajratib ko‘rsatish mumkin boshladi. Bu esa o’quvchilar o‘xshash masalalarni aralashtirish natijasida yo‘l qo‘yadigan xatolarning oldini oladi. Shuning uchun dastur ba‘zi masalalarni bir vaqtda o‘rganishni (masalan, qo‘shish va ayrish amallari bir vaqtda kiritiladi), shuningdek ilgari o‘rganilgan va unga o‘xshash masalalar taqqoslangan holda yangi masalalarni kiritishni ko‘zda tutadi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin