Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar


Matematika o’qitishning umumiy metodikasi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə5/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

1. Matematika o’qitishning umumiy metodikasi. Bu bo’limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, shakli, metodlari va vositalarining metodik sistemasi pedagogika, psixologik qonunlari hamda didaktik printsiplar asosida ochib beriladi.
2. Matematika o’qitishning maxsus metodikasi. Bu bo’limda matematika o’qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini aniq mavzu materiallariga tadbiq qilish yo’llari ko’rsatiladi.
3. Matematika o’qitishning aniq metodikasi.
Bu bo’lim ikki qismdan iborat:
1. Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
2. Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Umumiy metodika boshlang’ich sinf matematikasining mazmunini va tuzilishini ochib beradi, har bir bo’limni o’qitishning o’ziga xos xususiy metodlarini o’rgatadi.
Xususiy metodika matematika o’qitishning asoslangan metodlarini va o’qitish shakllarini, shuningdek o’quv faoliyatlarini tashkil qilish yo’llarini ko’rsatadi.
Matematika dasturining asosiy o‘zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat bo‘lib, bu o‘zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi, bu elementlar arifmetik bilimlar sistemasiga tartiban son, arifmetik amallar va matematik amallar hamda matematik munosabatlar haqida tushunchalarning yuqoriroq darajada o‘zlashtirishga imkon beradi.
2.2. Boshlang‘ich sinflarda matematika fanning fanlararo aloqadorligi.
Matematika o’qitishda predmetlararo bog`lanishni tashkil etish imkoniyatlari. Predmetlararo aloqa boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bu jarayon ta’lim mazmuni strukturasi bilan bog’liq bo’lib talimning metodlarida, formalarida va vositalarida o’z aksini topadi, boshlang’ich sinflarda fanlarni o’zaro bog’lab o’rganishning o’z mazmuni, metodlari, usullari va tashkiliy formalari bor. Materialni o’quvchilarning hayotiy va amaliy tajribalariga tayangan holda bayon qilinishini qo’llash, predmetlararo bog’lanishlar xarakteriga ega bo’lgan mashqlarni, amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish har tomonlama umumlashtiruvchi javoblarni talab qiladigan savollarni qo’yish, predmetlararo xarakterdagi o’yinlar, kompleks eskursiyalar, predmetlararo to’garaklar shular jumlasidandir. Predmetlararo xarakterdagi topishmoqlar va mashqlarni bajarish ham bog’lanishni amalga oshirishning samarali usullardan biri bo’lib xizmat qiladi. Bunday ish turlari o’quv predmetlarining biri bo’yicha o’quvchilarni qo’shni predmetlar ayrim bo’limlarini o’zlashtirishga oldindan tayyorlashga yordam beradi. misol: matematika darslarida qo’shni predmetlar yordamida bilimlarni chuqurlashtirishni nazarda tutadigan mashqlar berish mumkin: M: 3-sinf o’quvchilari tabiatshunoslik darslarida plan masshtab, gorizont tomonlari bo’yicha oriyentir olish malakasini tugallaydilar, Ana shu malakalarni mustahkamlash matematika darslarida harakatga doir masala yechish orqali amalga oshiriladi.
Bir qishloqdan ikki piyoda bir vaqtda qarama-qarshi ya’ni biri g’arbga, biri sharqqa qarab yo’lga chiqdi. Birinchi piyodaning tezligi soatiga 6 km, ikkinchisining tezligi soatiga 5 km. 3 soatdan keyin piyodalar bir-biridan qancha uzoqlikda bo’ladilar? Bu masalaga chizma yasab, ikki usul bilan yechsa bo’ladi.
Birinchi usul bilan yechganda chizmani chizib tushuntirayotganda piyodalar qarama-qarshi tomonga biri sharqqa, biri g’arbga qarab chiqqanini, tabiatshunoslik darsi bilan bog’lab shimol, janub, g’arb, sharq degan tushunchalarni o’quvchilar ongiga singdirish kerak. Buni oddiygina misol orqali o’quvchini doskaga chiqarib, gorizont tomonlarni, nomlarni shimol - janub, g’arb - sharq tomonlarni ko’rsatib berish kerak. bo’ladi. bundan keyin esa masalani yechish bilan shug’ullanish mumkin. Masalaning o’zini ikki usul bilan yechish mumkin. kichkina, kichkina savollar qo’yib:

  1. 6  3 =18 (km) 1-piyodaning o’tgan yo’li.

  2. 5 3 = 15 (km)2-piyodaning o’tgan yo’li.

  3. 18+15=33 (km) 3 soatdan keyin piyodalar orasidagi masofa.

Yoki birdan bitta savol qo’yib» ya’ni ifoda tuzib:
(6  3) + (5 3) = 18+15=33 (km)
Ekskursiya bolalarda qiziquvchanlik hissini uyg’otadi, ko’rgan hamma narsalarini oson eslab qolishga odatlantiradi. Masalan: boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan qurilishga ekskursiya uyushtirilganda, o’quvchilar qurilish uchun kerak bo’ladigan materiallarni o’z ko’zlari bilan ko’radilar shu kasbdagi kishilar bilan uchrashib, kasbga bo’lgan qiziqishlari ortadi. Tabiatshunoslik darslarida qilingan ekskursiya matematika darslarida qo’l keladi. O’quvchilar qurilishda ko’rgan bilgan narsalari asosida sodda va murakkab masala tuza oladilar.
Yuqori sinflarda predmetlararo aloqani amalga oshirish ancha qiyin, chunki har qaysi predmetni alohida o’qituvchi olib boradi, buning ustiga predmet o’qituvchilarning ishlashida yaqindan aloqa bo’lmasa, predmetlararo bog’lanishni amalga oshirish ancha murakkablashib ketadi. Boshlang’ich sinflarda bunday emas. Hamma fanlarni (o’qish, ona tili, matematika, tabiatshunoslik, mehnat, tasviriy san’at) bir o’qituvchi olib boradi va shu sababli uning oldida predmetlararo bog’lanishni amalga oshirish imkoniyatlari juda katta.
Shunday qilib, predmetlararo aloqa o’quvchilarning bilimlarini sistemalashtirib, bu tushunchalarni turmushda qo’llashga yordam beradi. Bu uchun o’qituvchi o’z kasbining ustasi eng muhimi bolalarni joni-dilidan sevishi, chuqur bilimga ega bo’lishi, ijodkor inson bo`lmog`i lozim.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin