Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar


Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog’liqdir



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə3/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog’liqdir.

  1. O’qitish asosi bo’lgan matematika bilan.

  1. Pedagogika.

  2. Psixologiya.

  3. Boshqa o’qitish metodikalari bilan (ona tili, tabiatshunoslik, texnologiya, tasviriy san’at va boshqa fanlar metodikasi).

Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi, bu hol matematika o’qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi.
Ikkinchi tomondan – pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi.
Shunday qilib, pedagogika metodikalarning konkret materialidan “oziqlanadi”, undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o’z navbatida metodikalarni ishlab chiqarishda yo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Predmetlararo bog’lanishni to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir.
1.2. Metodik tizimning asosiy komponentlari: o‘qitish maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari.
O’qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni o’ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.

Boshlang’ich matematika kursining vazifasi: maktab oldiga qo’yilgan “o’quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish, turmushda kasblarni ongli tanlashga o’rgatish” kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat. Matematika boshlang’ich kursi ham ta’limiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni hal qiladi.
Asosiy vazifalardan biri: o’quvchilarda hisoblash, o’ylash va grafik ko’nikmalarning ma’lum aniq sistemasini hosil qilishdan iborat. Bu sistema eng sodda amallarni bajarishdan iborat bo’lib, ko’p marta takrorlash hisobiga avtomatizmgacha etkazildi. Bu vazifani yetarlicha baholay olmaslik amalda o’quvchilar bilimlari sifatining pasayishiga olib keladi.

Matematika o’qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – o’zining tayanch fani bilan uzviy bog’liq.


Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar nazariyasiga tayanadi.
Boshlang’ich sinf uchun mo’ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi sahifalarida biz o’quvchilar uchun berilgan topshiriqlarga duch kelamiz: “Rasmda nechta olma bo’lsa, birinchi qatordan shuncha katakni bo’ya, rasmda nechta anor bo’lsa, 2-qatordan shuncha katakni bo’ya». Bunday topshiriqlarni bajarish o’quvchilarni ko’rsatilgan to’plamlar elementlari orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.


1.3. Boshlangi’ch sinflarda matеmatika o’qitishning tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadi.




Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin