Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar


Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish metodikasning didaktik tamoyillari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə8/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish metodikasning didaktik tamoyillari.
Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish metodikasning didaktik tamoyillari quyidagilar:
1. Onglilik tamoyili
2. Ko’rgazmalilik tamoyili
3. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
4. Ilmiylik tamoyili
5. Takrorlash tamoyili
6. Muntazamlilik va izchillik tamoyili
7. Puxta o’zlashtirish tamoyili
Onglilik tamoyili. O’qitishda onglilik bu – birinchidan o’quvchilarning o’qishga ongli munosabatda bo’lishlarini, ikkinchidan o’rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini, uchinchidan tasavvur qila olishni, bilimlarni amaliyotda ongli qo’llashni o’z ichiga oladi. O’qitishda onglilikni namoyon bo’lishining oliy shakli bu misol va masalalar yechishda tasavvurni shakllantirish orqali o’quvchida tushuncha, xulosa, fikrni nutqda ifodalanishi bilan chambar-chas bog’lanadi.
Ko’rgazmalilik tamoyili. Ko’rgazmalilk tamoyilidan foydalanishning asosiy vazifasi o’quvchilarning bilish faoliyatlarini asosiy vazifasi o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Ko’rgazmaning matematika darsida ahamiyatliligi, ko’rish orqali o’quvchida tasavvur qilish va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi.
Ko’rgazmalar ikki turga bo’linadi
1. Umumiy ko’rgazmalar
2. Dars davomida foydalaniladigan ko’rgazmalar
Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. O’quvchining individual xususiyatini hisobga olgan holda ko’rish qobilyati yaxshi bo’lmagan ,eshitishida nuqsoni bor o’quvchilarni nazardan chetda qoldirmaslik.
Ilmiylik tamoyili. Matematika bo’yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta’minlash uchun kichik yoshdagi idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma’lumotlarni tanlab olish kerak. O’quv materialining ilmiyligi tushunarli bo’lishi kerak, bunga uni o’quvchilarning aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin