birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi;
ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi;
uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi.
Ko’nikma – mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti – harkatlarning avtomatlashgan usuli.
Malaka–oldinga qo’yilgan maqsad va xatti–harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usulidir.
Boshlang‘ich (4-sinf) sinf bitiruvchilarida shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya: A1 matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy oladi;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay oladi;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
matematikaga oid audiomatnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera oladi, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta oladi.
A1+ Mavzuga oid ma’lumotlarni muhokama qilishda o‘zaro muloqotga kirisha oladi, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila oladi, matematik masalani hamkorlikda yechishda jamoada samarali ishlay oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa oladi, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza oladi;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay oladi;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza oladi;
uchta sonning o‘rta arifmetigini topadi.
A1+ mustaqil ravishda turli media manbaalardan axborotni izlab topa oladi, dastlabki tahlil qila oladi.