Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar


birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə16/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi;

ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi;

uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.

Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi.

Ko’nikma – mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti – harkatlarning avtomatlashgan usuli. 

Malaka–oldinga qo’yilgan maqsad va xatti–harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usulidir.


Boshlang‘ich (4-sinf) sinf bitiruvchilarida shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy oladi;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay oladi;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
matematikaga oid audiomatnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera oladi, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta oladi.
A1+
Mavzuga oid ma’lumotlarni muhokama qilishda o‘zaro muloqotga kirisha oladi, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila oladi, matematik masalani hamkorlikda yechishda jamoada samarali ishlay oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa oladi, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza oladi;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay oladi;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza oladi;
uchta sonning o‘rta arifmetigini topadi.
A1+
mustaqil ravishda turli media manbaalardan axborotni izlab topa oladi, dastlabki tahlil qila oladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin