Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar


Maktabga tayyorlov guruhi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə13/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

Maktabga tayyorlov guruhi. 7 yoshga qadar bola son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nisbatan ko’proq bilimlarni o’zlashtirgan bo’lishi, fazoda (2 va 3 o’lchovli) va vaqt bo’yicha mo’ljal ola bilishi kerak.
Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turg’un) qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat qilishi kerak. SHu yoshda bolalarda mustaqil fikrlashni, fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa, muhim.
“Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish dasturi” bolalarning oldingi bosqichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Mazkur guruhda haftasiga 2 tadan (bir yilda 72 ta) mashg’ulot o’tkaziladi. Matematikadan har qanday mashg’ulotni tuzishda bolalar tarbiyachining stoli yonida ishlashlari bilan bir qatorda o’z o’rinlarida tarqatma materiallar bilan mustaqil ishlashlari ham nazarda tutilishi zarur.
Bolalar mashg’ulotlarga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi talablarga rioya qilishi lozim:
1. Dastur materiallarini yaxshi o’zlashtirib olishi.
2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash.
3. Bolalar faoliyatini o’zgartirib turishga, qiziqishiga e’tibor qilish.
4. Mashg’ulot o’rtasida harakatli o’yinlar o’tkazishni rejalashtirish.
5. Mashg’ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.
6. Bolalarning xilma-xil javoblarini rag’batlantirish.
Dastur materialini mashg’ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va ko’nikmalariga, ularning tayyorligiga e’tibor berish lozim.
Maxsus terminlarni to’g’ri qo’llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan, son va raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak.
“qaysi son katta, qaysinisi kichik” deb so’raladi, (qaysi raqam katta deyish mumkin emas.)
Mashg’ulotda hamma bolalarning aktiv ishtirok etishlariga erishish maqsadida har bir bolaning oldida tarqatma materiallar bilan bir qatorda signalli kartochkalar bo’lishi tavsiya etiladi.
Agar o’rtog’ining javobi to’g’ri bo’lsa qizil kartochka, o’rtog’ining javobi uni qoniqtirmasa ko’k kartochka ko’tarilishi lozim.
Bunda hamma bolalar o’rtog’larini javobini diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, intizom buzilmaydi, shu bilan bolalarni test sinovlariga tayyorgarligini ham hisobga olinishi lozim.
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish vazifalari va bolalar bog’chasida arifmetika asoslarini tarkib toptirish, miqdor, makon va zamonga oid tasavvurlarni rivojlantirish o’qitishning asosiy shartidir.
Har bir mashg’ulotda tarbiyachi mavzu mazmunining asosiy masalalari va uni darsda ishlash metodikasini ochib beradi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, berilayotgan tavsiyalar, odatda, bolalarga berilishi kerak bo’lgan topshiriqlar, mashqlar, savollarning tipik namunalaridir. Bunday mashqlar sonini o’qituvchi sinf bilan ishlashning aniq shart-sharoitlarini hisobga olib, o’zi aniqlashi kerak.
Olti yoshli bolalarni o’qitishda didaktik ko’rsatma materiallardan keng foydalanish xarakterlidir. Amaliy ishlar, ko’rgazma tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlar ham namunalar sifatida qaralishi mumkin. Tarbiyachi ularga o’zida bo’lgan ko’rsatma-qo’llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin. Ko’pchilik hollarda tavsiya etilayotgan og’zaki mashqlar materialini o’qituvchi turli variantlarda berishi, ba’zan esa sinfning tayyorgarligiga qarab almashtirishi ham mumkin. Tarbiyachi tavsiya etilayotgan didaktik o’yinlarga ham ijodiy yaqinlashishi kerak, bunda o’yinlarni o’tkazishda foydalaniladigan qo’llanmalarni variatsiyalab, imkoni boricha ko’proq har xilliklar kiritishi, har bir mashg’ulotning konkret vazifalarini hisobga olib, o’zi topgan o’yinlarni sinash maqsadida darslarda o’yinlar tashkil qilishi mumkin.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin