O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A1 o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa oladi va ifodalay oladi;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini qismlarga ajrata oladi;
o‘qituvchi bilan birgalikda masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay oladi va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila oladi;
o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa oladi, ularni tuzata oladi;
xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar umumiy xossalarini aniqlay oladi;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni kundalik vaziyatga qo‘llay oladi;
ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira oladi;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa oladi.
A1+ o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantira oladi, kamolotga intila oladi, matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana oladi, o‘z xatti-harakatini baholay oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila oladi;
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila oladi va guruhda ishlay oladi;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tutish to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila oladi;
guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta oladi.
A1+ umumiy masalani yechish uchun guruh faoliyatini boshqara oladi va guruh a’zolarning fikrlarini jamlab, umumiy fikrni bayon qila oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: A1 kundalik hayotda matematik usullar samarali ekanligini tushuna oladi;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera oladi.
A1+ milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuna oladi.