Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab etiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim da kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta’lim dan farqli ravishda «umumta’lim iy kompetensiya» tushunchasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’lim maktabi o‘quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir.
Umumta’lim iy kompetensiyalar maktabda o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini to‘liq ro‘yobga chiqarishni ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, maktab ta’lim i davrida o‘quvchi eng asosiy – fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi zarur.
Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. Ta’lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq bir o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga olishni ko‘zda tutadi. Bu umumiy o‘rta ta’lim mazmunini loyihalashtirish jarayonida taqdim etish va o‘zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u bilan bog‘liq xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.