Ma‘ruza mashg‘uloti mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni va mohiyati, predmeti. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida. Mavzu rejasi



Yüklə 128,8 Kb.
səhifə21/50
tarix20.11.2023
ölçüsü128,8 Kb.
#162296
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Maruza 1

Ta’limning xususiy qoniniyatlariga gnoseologik, psixologik, kibernetik, sotsiologik, tashkiliy qonuniyatlar kiradi.
Ta’lim tamoyillari. Ta’lim qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadi.
Ta’lim тamoyillari o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang‘ich qoidalardir.
Ta’lim tamoyillarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ta’limning mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik tamoyillari.
Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillarga quyidagilar kiradi: insonparvarlashtirish; tabiat bilan uyg‘unlik; madaniyat bilan uyg‘unlik; ilmiylik; ta’limning fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi; ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligi.
Ta’limni insonparvarlashtirish – uning mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini yangilash, ularning o‘zaro aloqasi va birligini ta’minlash orqali shaxsni har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yunaltirishdir.
Shaxsning rivojlanishi va o‘quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega sifat va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta’limning insonparvarlik mazmuniga yaqinlashish, ularni hayotda faol ishtirok etishga jalb etish, uning bilish bilan qo‘shiluvi va madaniyatni o‘zlashtirishi hamma-hammasi so‘nggi yillarda sezilarli shakllandi.
Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligi g‘oyasiga asoslanadi. O‘quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Umuman olganda, ta’lim jarayoni bolaning rivojlanishi, ya’ni tabiati bilan uyg‘un bo‘lishi lozim.
Ta’limning madaniyat bilan uyg‘unlik tamoyili. Ta’limni azaldan mazmuni inson ongida nafaqat olam manzarasini, balki insondagi rivojlanish, yuksaklikka harakat va o‘sish holatida bo‘lgan o‘zining shaxs sifatidagi qiyofasini shakllantirishdan iborat. Ta’lim butun umr davom etadi va ta’lim olish chegaralanmaydi. U insonga o‘z dunyosi va boshqa madaniyatlarni anglash, mazkur madaniyat vakillari fikrini eshita olish, ularni qadrlash, ularning dunyosini tushunish, o‘zining shaxsiy fikriga tayanish, o‘zining bu yorug‘ olamdagi mavjudligini anglash va o‘zining hayotdagi, madaniyatdagi o‘rnini aniqlash imkonini beradi. Ta’limning bugungi kundagi ma’no-mantig‘i ham ana shundadir.

Yüklə 128,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin