Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja



Yüklə 379,91 Kb.
səhifə12/45
tarix13.05.2023
ölçüsü379,91 Kb.
#112828
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Umumiy psixologiya UMK

6 Mavzu: Perseptiv rivojlanish.
Reja:

  1. Sensor tizimni rivojlanishi, yangi tu’gilgan chaqaloqlarda idrok.

  2. Bolalikni turli davrlarida perseptiv motor koordinasiyalarini, sezuvchanlikni rivojlanishini o’ziga xosligi.

  3. Bolalikni turli davrlarida perseptiv motor koordinasiyalarini, sezuvchanlikni rivojlanishini o’ziga xosligi.

  4. Idrokning murakkab shakllari va qarilik.

Idrok jarayonlari faqat tevarak-atrofdagi narsalarning sezgi organlarimizga ta’sir qilib turishlari natijasidagina emas, balki shu bilan birga idrok qilayotgan odam o‘zining olamni bilish va amaliy faoliyatida yon atrofidagi narsalarga ta’sir ko‘rsatishi natijasida ham vujudga keladi.


Idrokning faolligiga, avvalo unga bog‘liq bo‘lgan hissiy kechinmalar sabab bo‘ladi. Bu his-tuyg‘ular, avvalo shu paytdagi idrok tarkibiga kiradigan sezgilarning emotsional (hissiy) tomonidan iborat bo‘ladi. Idrok qilinayotgan narsa va hodisalar to‘g‘risida o‘tmishda tug‘ilgan taassurot va fikrlar bilan bog‘liq hissiyot ham shu jumladandir. Ko‘pincha odamning idrokiga shu paytda kechirayotgan bironta hissiyoti – shodligi, xushchaqchaqligi, g‘amginligi, tajangligi va boshqa shu kabi tuyg‘ulari ta’sir qilib, idrok qilinayotgan narsa yoki hodisaga ma’lum bir tus beradi. Shu sababli, kishining ta’bi xiralik vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday g‘amgin, ma’yusdek ko‘rinadigan bo‘lsa, ta’bi chog‘ vaqtida gullar «kulib» turganday, hamma yoq «quvnoq» dek ko‘rinadi va hokazo. His-tuyg‘ular idrok mazmunini jonli, yorqin qiladi, idrokni ma’lum bir tomonga yo‘naltiradi. His-tuyg‘ular idrokning faollik darajasini kuchaytiradi, idrok sharoiti bo‘lgan boshqa psixik jarayonlarning ildamlik darajasiga ta’sir qiladi: bu jarayonlarni tezlatadi yoki susaytiradi. Idrok bilan bog‘liq hislar, jumladan, xayol jarayonlarini qozg‘atib faollashtiradi. Masalan, kishi qattiq vahimaga tushganda har bir arzimagan narsadan ham xavfsirayveradi, oddiy, arzimagan narsa ham nazarida allaqanday – dahshatli tuyuladi yoki kishi qattiq, xushvaqtlikda o‘zini har narsadan mamnun sezadi, oddiy, arzimagan narsalardan ham zavqlanaveradi, shuning uchun ham: «qo‘rqqan ko‘zga qo‘sh ko‘rinar» yoki «guli-gun xayol»deydilar.Idrok jarayonlaridagi diqqat g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Diqqat idrokning faolligini oshiradi va idrokning mukammal, raso va ravshan bo‘lishiga xizmat qiladi. Diqqat, faollik darajasiga qarab, ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lmog‘i mumkin, shu sababli idrok ham ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lmog‘i mumkin. Muayyan bir obyektni oldindan maqsad qilib olmasdan va maxsus tanlanmasdan, kuch sarf etmasdan idrok qilish jarayoni ixtiyorsiz idrok deb ataladi. Bunday idrok jarayonlari diqqatimizni beixtiyor o‘ziga jalb qilayotgan obyektlarning ta’siri bilan qo‘zg‘aladi; masalan, biz uzoqdan kelayotgan poyezd ovozini beixtiyor eshitamiz, tunda qirda yonayotgan alangani uzoqdan beixtiyor ko‘ramiz. O‘zining yorug‘ligi, rang-barangligi, harakati, xushohangligi, kontrastligi bilan ajralib turadigan narsa yoki hodisalar, odatda, beixtiyor idrok qilinadi, shuningdek, ayni vaqtda bironta ehtiyoj va manfaatimizga javob beradigan, shaxsiy tajriba va bilimlarimizga eng ko‘p darajada muvofiq keladigan va biz uchun g‘oyat katta ahamiyati bo‘lgan obyektlar ham beixtiyor idrok qilinadi. Ixtiyorsiz idrok tetik, bardam vaqtimizda bizda to‘xtovsiz bo‘lib turadigan jarayondir. Oldin belgilangan maqsadga qarab muayyan bir obyektni idrok qilishni ixtiyoriy idrok deb ataladi. Badiiy bir rasmni ko‘rish, ma’ruzani e’tibor bilan eshitish, yozma ishlardagi imlo xatolarini chizib o‘tish, operadagi ariyani tinglash, ko‘pchilik orasida o‘zimiz qidirgan bir shaxsni topib ajratish ixtiyoriy idrokka misol bo‘la oladi. Ixtiyoriy idrok ixtiyorsiz idrokdan ayrilgan holda bo‘ladigan jarayon emas. Ixtiyorsiz idrok ixtiyoriy idrok uchun go‘yo «fon» bo‘lib xizmat qiladi. Kishining sistemali, davomli va rejali idrok qilish qobiliyati kuzatuvchanlik deb ataladi. Kuzatish qobiliyati tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni ma’lum bir maqsad bilan sistemali va rejali idrok qila bilishdir.
Har bir kishi ma’lum darajada kuzata bilish qobiliyatiga ega, bu qobiliyat har kimning o‘z hayotiy tajribasi va bilish faoliyatida taraqqiy qilib boradi. Ammo har bir kishini ham razmi o‘tkir, kuzatish mahorati zo‘r deb bo‘lavermaydi. Razmi o‘tkir, kuzata bilish qobiliyati zo‘r kishi deb, odatda, o‘z oldiga jamiyat uchun foydali, ilmiy va boshqa muhim vazifalarni qo‘ya biladigan, tevarak-atrofdagi xilma-xil narsa va hodisalardan kerakli va eng muhim obyektlarni ajrata biladigan kishini aytiladi. Razmi o‘tkir, kuzata biladigan kishi idrok qilinayotgan narsa va hodisalardagi o‘xshashlikni va farqni darrov payqab oladi, bu narsa va hodisalarning eng muhimi, zarur xususiyatlarini ajrata biladi. Razm sola bilish, kuzatuvchanlik qobiliyati shaxsning nihoyatda qimmatli sifatlaridandir. U mavjud sharoitni turli tushunishga, o‘rab olgan olamni samarali o‘rganishga va xususan, o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishga imkon beradi.
I. P. Pavlov kuzatuvchanlik ilmiy bilishning asosiy sharti deb hisoblardi. Pavlov shahrida u tashkil qilgan biologiya stansiyasi binosining old tomoniga «kuzatuvchanlik va yana kuzatuvchanlik» deb bejiz yozilmagan edi.K. D. Ushinskiy kuzatuvchanlikni o‘stirish vazifasiga katta ahamiyat berardi. «Agar ta’lim bolalarning aqlini o‘stirmoqchi bo‘lsa, – deb yozgan edi K. D. Ushinskiy, – ularning kuzatuvchanlik qobiliyatini mashq qildirish kerak» (Tanlangan asarlar, 6-tom, PFA, Moskva, 1949-yil,267-bet).
Shuning uchun ham o‘sib kelayotgan yosh avlodda kuzatuvchanlikni tarbiyalash pedagogikaning muhim vazifalaridan biridir.
Idrokning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, u hissiy bilishning sifati jihatidan yangi bosqichdir. Bunga idrokning predmetliligi, yaxlitligi, tuzilishi, konstantligi va anglanganligi kiradi.Idrokning predmetliligi – bu tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishda ifodalanadi. Idrok tevarak-atrofdagi narsalarni amaliy faoliyatda qanday bo‘lsa shundayligicha aks ettirish jarayonidir, ya’ni subyektiv olamning predmetliligini ochib berishni ta’minlaydigan harakatlar tizimidir. Predmetlilik idrokning sifati tarzida
ish-harakatlarni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Idrokning yaxlitligi – idrok jarayonida barcha psixik jarayonlar, psixik holatlar va psixik xususiyatlarning ishtirok etishidan iborat qonuniyat. Idrokning yaxlitligi insonning predmet faoliyati jarayonida shakllanadi.
Idrok sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi narsalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsalarning yaxlit obrazidir. Bu yaxlit obraz har xil sezgilar orqali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari haqidagi bilimlarini umumlashtirish asosida vujudga keladi. Idrokning yaxlitligi uning tuzilganligi bilan bog‘liqdir. Biz musiqa eshitganimizda uni yaxlitligicha idrok qilamiz, lekin bu musiqa tarkibida juda ko‘p musiqa asboblarining ovozi bor (tor, doira, nay va b.). Ular hammasi bir bo‘lib shu musiqaning tuzilishini tashkil qiladi.
Idrokning konstantligi – (konstantlik — doimiy, o‘zgarmas) idrok qilinayotgan narsaning fizik holati o‘zgarsa ham, uni ko‘z to‘r pardasidagi obrazlarning o‘zgarmasligi yoki nisbiy turg‘unligidir. Masalan, samolyotda ucha turib yerga qarasak, yerdagi uylar gugurt qutichasiga (odamlar esa umuman ko‘rinmaydi, ko‘rinsa ham juda kichkina) o‘xshab ko‘rinadi. Lekin biz ularni gugurt quticha deb emas, balki 4–5 qavatli uylar deb, odamlarni rasman kishilardek idrok qilaveramiz. Konstantlik 1) kata kichiklik konstantligi, 2) shakl konstantligi, 3) rang konstantligi bo‘lishi mumkin. Odamning idroki tafakkur bilan, narsalarning mohiyatini tushunish bilan bog‘liqdir. Narsalarni ongli idrok qilish degan so‘z uni fikran atash degan ma’noni bildiradi. Bu esa idrok qilinayotgan narsani ma’lum guruhlarga, sinfga kiritish, ya’ni so‘z orqali umumlashtirishdir. Idrok qilinadigan narsa haqida bor ma’lumotlarni tushunib, ularni bog‘lab, farq va o‘xshashliklarini aniqlab idrok qilish jarayoni idrokning anglanganligidir.



Yüklə 379,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin