Diqqatning barqarorligi ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikmi jamlay olishlik qobiliyatidan iborat. Tajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz davriy tebranishlarga moyilligini ko’rsatdi. Bunday tebranishlaming davrlari N.N. Lange bo’yicha, odatda, 2-3 soniyaga, ortig’i bilan esa 12 soniyaga teng bo’ladi. Masalan, agar soatning chiqillashiga quloq tutib, unda fikmi jamlaydigan bo’lsak, u holda u bir eshitiladi, bir eshitilmay qoladi. Diqqat tebranishi qonunga asoslangan bo’lib, fluktuatsiya deb ataladi. Masalan, diqqat fluktuatsiyasini oddiy tajribada namoyish qilish mumkin: kesik piramida beriladi: agar unga ma’lum vaqt davomida tikilib turilsa, u ketma-ket, yo qavariq, yo botiq bo’lib ko’rinadi (8.1 rasm). Hozirda diqqat barqarorligining ahamiyatli sharti bo’lib, u jamlangan jismning yangi tomonlari va aloqalarini ochib berish imkoniyati xizmat qilishi isbotlandi. Diqqat barqarorligini o’lchash uchun alohida harflaming tartibsiz ketma-ketligidan iborat Burdon jadvalidan foydalaniladi, bunda qaytariladigan harflar soni har bir satrda bir xilda bo’ladi.
Diqqatni jamlash ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki darajasi tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko’ra, diqqatni jamlash bosh miya po’stlog’idagi kuchli qo’zg’alish o’chog’i faoliyatining xususiyati bilan bog’liq.
Diqqatni taqsimlash ostida odamning bir vaqtning o’zida bir necha faoliyatlami bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko’ra, odam ongli psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o’zida bir nechtasini bajarish sub’ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat turidan ikkinchisiga o’tish oqibatida yuzaga keladi. Diqqatni taqsimlash darajasi bir qator sharoitlarga: mujassamlashtirilgan faoliyat turlari xususiyatiga (ular bir jinsli va turli xil bo’lishi mumkin), murakkabligiga (ruhiy zo’riqishni talab etuvchi darajaga), ma’lumligi va odatiyligi darajasiga (faoliyatning asosiy usullarini egallab olish darajasiga) bog’liqdir. Diqqat taqsimlanishini o’rganish maqsadida SHulte (qizil-qora rangli jadvallar) jadvallari qo’llaniladi.