O’simliklarda suvning harakatlanishi. Quyida suv rejimi, ya’ni gomoyogidrik o‘simliklar suvni shimishi, tanasi bo‘ylab o‘tkazishi va ajratishi bilan tanishamiz. Bundan oldin o‘simliklar tuproqdagi suvni o‘zlashtirishida ildiz sistemasining roli bilan tanishgan edik. O‘simliklar tanasida suvning qanday harakatlanishi fiziologiya kursida batafsil o‘rganiladi. Ildiz tukchalari vositasida tuproq zarrachalaridan shimib olingan suv ildiz po‘stlog‘ining parenximasi orqali endodermaga, so‘ngra o‘tkazuvchi hujayralar orqali markaziy silindrga yetib boradi. Markaziy silindrning parenxima hujayralari ildiz bosimining manbai bo‘lib xizmat qiladi; markaziy silindr bo‘ylab suv poyaning barglar tomon ko‘tarilib boradigan transport sistemasiga borib qo‘shiladi, ya’ni poyaning o‘tkazuvchi naychalari orqali harakatlanadi. O‘simliklarda suv potensialining gradienta tufayli suv joydan-joyga ko‘chadi, chunki o‘simliklarni o‘rab turgan havo muhitidagi suv poteitsiali, odatda, ancha past bo‘ladi. Mezofill hujayralari orqali bug‘lanadigan suv havoning suv bug‘lari bilan kam to‘yingan qatlamiga o‘tadi. Bunda hujayralarning so‘rish kuchi ortadi, demak, suv poteitsiali gradienti ham kuchayadi. Barg og‘izchalari orqali suv bug‘lanishi kuchayishi, ya’ni transpiratsiya intensivligi ortishi bilan suvning o‘simlik bo‘ylab harakatlanishi tezlashadi.
Lekin suvning o‘simlik bo‘ylab harakatlanish tezligi ko‘p jihatdan bir qancha qarama-qarshiliklarga bog‘liq bo‘ladi. Bularga ksilema elementlari kundalang kesimining o‘lchami, og‘irlik kuchi, naychalar bo‘ylab ishqalanish kuchi, barglarniig o‘lchami, shakli va yuzasining harakteri va ayniqsa ularning qanchalik ochiq bo‘lishini belgilaydigan og‘izchalarining qarshiligi kiradi. Barglar kutikulasi va peridermasi orqali suv bug‘lanishi ham ma’lum darajada rol o‘ynaydi. Lekin suvning o‘simlik tanasi bo‘ylab ko‘tarilishida hap qalay og‘izchalar orqali boradigan transpiratsiya protsessi asosiy rol o‘ynaydi, chunki hujayralararo bo‘shliqlarda bo‘rsimon holatga o‘tgan suv barg og‘izchalari orqali havoga chiqib ketadi. Bu protsess bug‘lanishning fizik qonunlariga muvofiq boradi, lekin shuni qayd qilish kerakki, agar suv bug‘latadigan sath nihoyatda nam va ancha isigan bo‘lsa, suv juda tez bug‘lanadi. Shunga ko‘ra, issiq havo ancha yuqori darajada nam bo‘lganda ham, masalan tropik o‘rmonda, transpiratsiya protsessi boraveradi.
O‘simliklarda transpiratsiya oqimiga qarshilik kuchi har xil bo‘ladi; oqim tezligi ham har xil. Masalan, ninabargli daraxtlarda poyaning qarshiligi bargli daraxtlar poyasinikiga qaraganda ko‘p marta yuqori bo‘ladi. Shuning uchun boshqa bir xildagi sharoitda bargli daraxtlarda kuzatiladigan suv tanqisligi ninabargli daraxtlardagiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Suvning ninabargli daraxtlar tanasi bo‘ylab o‘rtacha harakatlanish tezligi 0,4 mm-s-1 ga, bargli daraxtlarda 12 mm-s-1 ga teng. Suvning poya bo‘ylab harakatlanish tezligi lianalarda (40 mm-s-1 gacha) va o‘t o‘simliklarda (18 mm-s-1 gacha) eng yuqori bo‘lishi kuzatilgan (Huber, 1956). Daraxtlarda transpiratsiya oqimi ertalab shox-shabbasining yuqori qismida va shoxlarining uchida boshlanib, bu oqim ildizdan «suv ipi»ni yuqoriga qarab tortadi. Transpiratsiya oqimi asta-sekin tezlashib, kunning yarmiga borganda maksimal darajaga yetadi.
Transpiratsiya intensnvligi ko‘p jihatdan og‘izchalar (ustitsalar) ishiga bog‘liq. Barglarda S02 ning konsentratsiyasi ortib ketsa, og‘izchalar yopiladi, konsentratsiya pasaygandan keyin ochiladi. Lekin og‘izchalarning qanchalik ochiq bo‘lishiga boshqa omillar: yorug‘lik, temperatura, havoning namligi va o‘simliklarning suv bilan ta’minlanish sharoiti, barglarning yoshi, ontogenez bosqichlari va boshqalar ham ta’sir etadi. Suv bilan yaxshi ta’minlangan sharoitda yorug‘lik qancha kuchli bo‘lsa, og‘izchalar shuncha keng ochiq bo‘ladi. Temperatura og‘izchalarning ochilish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi, chunonchi, temperatura qancha yuqori bo‘lsa, og‘izchalar shuncha tez ochiladi. Temperatura past bo‘lsa, og‘izchalar juda sekin va chala ochiladi, havo salqin bo‘lganda esa umuman ochilmaydi. Yana shunisi qiziqki, optimal darajadan yuqori bo‘lgan temperaturada og‘izchalar yaxshi yopilmaganicha qoladi, lekin juda isib ketganda esa ular juda keng ochiladi va o‘simlikni kuchli suv bug‘latishdan himoya qilaolmaydi. Qurg‘oqchlik og‘izchalarning yopilishiga, ya’ni o‘simlikda turgor holatining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Suv tanqisligi sezila boshlashi bilanoq, og‘izchalar yopiladi.
Demak, o‘simliklar normal yashashi uchun suv bilan yahshi taminlangan bo‘lishi, ya’ni suv rejimi normada bo‘lishi kerak. Aks holda turli salbiy oqibatlar olib chiqishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |