15.1-jadval Lizing munosabatlari subyektlari uchun lizingning qulayligi
Uskunalarni ishlab chiqaruvchi uchun
-Sotish bozorining kengayishi
-Texnikaga kafolatli xizmat ko’rsatish tizimini kengayishi
Lizing beruvchi uchun -Foyda olish
-Amortizatsiya va soliq imtiyozlarining mavjudligi
-Mulk shaklida sarmoyalash
- moliyaviy xatarlarni yo’qligi
Lizing oluvchi uchun -Kam miqdordagi boshlang’ich kapital hisobiga ham ishni tashkil etish imkoni
-Yuz foizli kreditlash
-To’lovlarni zudlik bilan amalga oshirishni talab etilmasligi
-To’lovlarning qulay sxemasini ishlab chiqish imkoniyati
-lizing oluvchini mulk solig’idan ozod bo’lishi
-Lizing to’lovlarini ishlab chiqarish va muomala harajatlari
tarkibiga kiritilishi
-Vaqtinchalik foydalanishga olingan mulkni jismoniy va
ma’naviy eskirish xatarini kamligi
-Yangi mahsulot ishlab chiqarishda xatarni kamayishi
-Soliq to’lashdagi imtiyozlar va jadal amortizatsiyani qo’llash
imkoniyati
15.2. Lizing to’lovlarini va lizingning moliyaviy samaradorligini aniqlash, banklarda lizing hisobi.
Lizing to’lovlari o’z tarkibiga shartnomada ta’kidlangan mulkning to’la yoki qisman holdagi qiymatini hamda, ko’rsatilgan lizing xizmati va qo’shimcha servis xizmatlari to’lovini oladi.
Natijada, lizing beruvchida tijorat nuqtai-nazaridan lizing bitimi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
Lizing beruvchining kelishuv asosidagi umumiy harajatlari quyidagi tenglik bilan izohlanadi:
Lt=Bq+Kt+Qt
Kt - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to’lov, so’mda;
Qt- qo’shimcha xizmatlar uchun to’lov, so’mda;
Bq - lizing shartnomasi predmeti hisoblangan mulkning balans qiymati,
so’mda;
Lizing bitimi asosida lizing oluvchining lizing to’lovlari harajatlari quyidagicha hisoblanadi:
Lt=A+Kt+Tkomis+Qt+QQS+BB
Bunda,
A - lizing beruvchida joriy yilda hisobga olinadigan amortizatsiya ajratmalari miqdor o’lchovi, so’mda;
Tkomis - lizing shartnomasi asosida lizing beruvchining komission mukofot puli, so’mda;
QQS - lizing beruvchi xizmatlari bo’yicha lizing oluvchi tomonidan to’lanadigan qo’shilgan qiymat solig’i, so’mda;
BB - bojxona boji, so’mda;
Kt - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to’lov, so’mda;
Qt - qo’shimcha xizmatlari uchun to’lov, so’mda.
O’z navbatida, amortizatsiya ajratmalari quyidagi formula bilan hisoblaniladi:
Bu erda, A- amortizatsiya ajratmasi summasi;
S- mol – mulkning balans qiymati;
NA- amortizatsiya ajratmasi me’yori.
Kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to’lov quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu erda, K- kredit resurslar summasi;
Sk – kredit resurslaridan foydalanganligi uchun stavkasi.
Lizing shartnomasi asosida lizing beruvchining komission mukofat puli quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda, Skomis – komission mukofat puli stavkasi.
Qo’shimcha xizmatlar to’lov miqdori asosan quyidagi aniqlanadi:
Qt = Xsaf + Xrek + Xboshqa
Bu yerda, Xsaf – bank xodimlarining safar xarajatlari;
Xrek – reklamalar xarajatlar summasi;
Xboshqa - boshqa xarajatlar summasi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 avgust 2002 yildagi «Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni iqtisodiyot tarmoqlarini, xususan kichik va xususiy tadbirkorlikni zamonaviy texnologiya uskunalari bilan jihozlashda, shuningdek, mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlab chiqarilgan asbob-uskuna va texnikani sotishda lizing faoliyati rolini oshirish maqsadida chiqarilgan zaruriy me’yoriy hujjat bo’lib, mamalakatimizda lizing munosabatlarini rivojlantirishda yangicha bosqichni boshlab berdi.
Ushbu farmonga ko’ra 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab lizing to’lovlari - qo’shilgan qiymat solig’idan, lizingga berish uchun O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan texnologiya va uskunalari - vakil bankning tegishli tasdig’i mavjud bo’lgan taqdirda boj to’lovlari va sotishga soliqlardan ozod qilindi.
Belgilab qo’yildiki, 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab lizing oladigan xo’jalik yurituvchi subyektlar lizingga berilgan mulkka soliq to’lashdan lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha ozod qilinadilar; lizing beruvchini soliqqa tortish chog’ida u lizingga berish uchun mulk harid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa to’lovlarning summasi uning jami daromadidan chegirib tashlanadi.
Amaliyotda, tadbirkorlik faoliyatini yurituvchilar ko’pgina hollarda, bir-biriga muqobil darajada bo’lgan tanlovga duch keladi. Masalan, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun olinadigan uskunalarni moliyalashtirish samaralimi yoki bu uskunalarni ijaraga olib, ulardan foydalanish unumliroqmi? Ushbu masala nafaqat tadbirkorlar oldida, shuningdek uskunlarni ishlab chiqaruvchi oldida ham turadi. Mulk egasi uchun eng muhimi ijara to’lovlari hajmini belgilab olish va uskunalar ijarasining moliyaviy samaradorligini aniqlashdir. Ijaraga oluvchi esa, muqobil variantlar mavjud bo’lgan holda, o’zi uchun asosiy masalani, ya’ni uskunalarni ijaraga olishni yoki ularni harid qilishni hal qilishi zarur. Ikkala masala ham sof moliyaviy tamoyillar asosida hal qilinishi mumkin. Bu borada qaysi bir usuldan foydalanmaylik buning echimi pul oqimlarini bugungi o’lcham kontseptsiyasiga asoslanadi. Uskunalar uchun ijara haqi to’lovi quyidagicha aniqlanadi:
Aytaylik, R qiymatga ega bo’lgan uskuna n yilga ijaraga berilayapti. Uning qoldiq qiymati (ijara muddati oxirida) S ni tashkil etadi. Ijara to’lovlari oqimi vaqt omilini hisobga olgan holda eskirish qiymatiga teng bo’lishi lozim. Ijara to’lovi, yilda bir marotaba yilning oxirida to’lanadigan bo’lsa, uskunalarga safarbar etilgan mablag’larni belgilangan me’yorda ta’minlovchi bir marotabali ijara to’lovi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
R=
bu yerda,
R-yillik ijara to’lovi
R-uskunaning boshlang’ich qiymati
S-uskunaning qoldiq qiymati
Ani-yillik doimiy daromadni taqqoslash uchun keltiriladigan koeffitsient (bo’lajak daromadni belgilangan vaqtdagi bugungi qiymatini aniqlash koeffitsienti);
V-ko’paytiruvchi diskont.
Hisob-kitobda inobatga olinayotgan daromadlilik me’yori albatta uskunani amortizatsiya me’yoridan yuqoriroq bo’lishi tabiiy holdir. Qabul qilingan daromadlilik me’yori (I) bilan amortizatsiya me’yori (a) farqi ijara operatsiyasini taxminiy real daromadliligini ko’rsatadi.
Ko’pchilik hollarda amaliyotda moliyaviy lizing bo’yicha ijara to’lovlari hisoblash uchun annutet formulasidan foydalaniladi:
Bu yerda, R- ijara to’lovlari summasi;
A- amortizatsiya ajratmalari summasi yoki (ijaraga berilayotgan mulk qiymati);
P – shartnoma muddati;
I – lizing bo’yicha foiz;
T – ijara to’lovlari davrlari.
Bu yerda diskitlash usuli qo’llanilmagan.
Hozirgi vaqtda aniq kompyuter dasturlari orqali lizing to’lovlarini banklar mijoz hohlagan variantda hisoblab berishlari mumkin.
Bank uch tomonlama tuzilgan shartnomaga asosan, lizing obyektini xarid qilish uchun uning to’liq yoki 15 foizidan kam bo’lmagan miqdorda to’lovini oldindan o’tkazib beradi va quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi:
Debet 19909 - “Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar – moddiy boyliklar uchun to’langan mablag’lar” schyoti
Kredit lizing obyektini etkazib beruvchining talab qilib olunguncha depozit scheti.
Shartnomaga muvofiq lizing obyektini etkazib beruvchidan to’liq qabul qilib olgandan keyin, lizing beruvchi banki tomonidan quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining ssuda scheti
Kredit 19909 - “Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar – moddiy boyliklar uchun to’langan mablag’lar” schyoti
Bank tomonidan lizing etkazib beruvchiga lizing obyektining to’liq qiymati to’lab berilmasdan, lizing oluvchiga etkazib berilganda, quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining ssuda scheti.
Kredit 19909 - “Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar – moddiy boyliklar uchun to’langan mablag’lar” schyoti
Kredit 29802 – “Ko’rsatilgan xizmat va tovar – moddiy boyliklar uchun to’lanadigan mablag’lar hisob - kitob” scheti.
Lizing shartnomasida lizing obyektini etkazib berish, o’rnatish va boshqa xarajatlar, shuningdek, sug’urta to’lovi lizing obyektining balans qiymatiga olib boriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining ssuda scheti
Kredit 19909 - “Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar – moddiy boyliklar uchun to’langan mablag’lar” schyoti
Lizing obyekti uchun lizing to’lovlari lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchi shartnomada belgilangan muddatda va tuzilgan grafik bo’yicha to’lab beriladi. Ushbu lizing to’lovlariga lizing obyektining amortizatsiya ajratmasi, hisoblangan foiz summasi, vositachilik to’lovlari, ko’rsatilgan qo’shimcha xizmatlar va sug’urta to’lovlari kiradi.
Bank tomonidan lizing uchun berilgan foizlar belgilangan miqdorda har kuni hisoblab boriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 16323 – “Hisoblangan foizlar” schyoti
Kredit bankning mos daromadlar scheti
Lizing to’lovlari tomonlar kelishuviga muvofiq tuzilgan va lizing shartnomasining ajralmas qismi bo’lgan jadvalga muvofiq lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga to’lab boriladi.
1. Lizing bo’yicha hisoblangan foiz daromadlari to’lab berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining talab qilib olinguncha depozit scheti
Kredit 16323 – “Hisoblangan foizlar” schyoti
2. Lizing obyekti bo’yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari lizing oluvchi tomonidan to’lab berilganda lizingning balans qiymatini kamaytirishga yo’naltiriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining talab qilib olinguncha depozit scheti
Kredit lizing oluvchining ssuda scheti.
3. Lizing oluvchi tomonidan vositachilik to’lovlari, ko’rsatilgan qo’shimcha xizmatlar va boshqa to’lovlar to’lab berilganda ular mos ravishda bank daromadlari schetlariga olinadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining talab qilib olingucha depozit scheti
Kredit bankning mos daromadlar scheti.
4. Lizing obyektini sug’urtalash uchun lizing beruvchi tomonidan to’langan sug’urta to’lovi lizingning balans qiymatiga kiritilgan bo’lsa, lizing oluvchi tomonidan to’lab berilgan sug’urta to’lovi summasi lizingning balans qiymatini kamaytirishga yo’naltiriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet lizing oluvchining talab qilib olunguncha depozit scheti
Kredit lizing oluvchining ssuda scheti.