10.1-jadval O’zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarda investitsiya dasturidagi kapital qo’yilmalarni o’zlashtirish bo’yicha yig’ma prognoz parametrlari76
mlrd. so‘m (joriy narxlarda)
T/r
Moliyalashtirish manbalari
2021-yil uchun prognoz
shu jumladan:
Kelgusi yillar uchun prognoz parametrlari:
I chorak
II chorak
III chorak
IV chorak
2022-y. *
2023-y. *
Jami kapital qo‘yilmalar
251 085
38 729
71 231
74 183
66 942
309 335
367 930
shu jumladan:
23 035,3
1.
Markazlashgan investitsiyalar:
52 005
8 807
15 671
14 194
13 333
60 196
68 337
1.1.
Budjet mablag‘lari
17 700
2 773
6 523
5 706
2 699
19 650
22 150
1.2.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (so‘mda)
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar (so‘mda)
31 698
5 221
8 526
7 881
10 071
37 541
42 970
mln. AQSh dollarida
2 908
479,0
782,2
723,0
924,0
3 160
3 450
2.
Markazlashmagan investitsiyalar:
199 079
29 922
55 560
59 989
53 608
249 139
299 593
2.1.
Korxona mablag‘lari, shu jumladan korxonalarning o‘z qaramog‘ida qoldiriladigan soliqlar
57 551
8 460
17 610
16 287
15 193
68 233
79 926
2.2.
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari
39 989
6 318
11 157
11 397
11 117
49 111
57 196
2.3.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar (so‘mda)
83 500
10 742
20 875
27 308
24 574
110 448
137 910
mln. AQSh dollarida
7 661
985,5
1 915,1
2 505,3
2 254,5
9 297
11 073
2.4.
Aholi mablag‘lari
18 040
4 402
5 917
4 997
2 724
21 346
24 560
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4937-sonli qaroriga muvofiq 2021-2023 yillar bo’yicha Investitsiya dasturining asosiy parametrlari tasdiqlandi.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2021 yil uchun investitsiya dasturda kapital qo’yilmalarning hajmi 251085 milliard so’mni tashkil etgan. Shuningdek investitsiya dasturi moliyalashtirish manbalarining asosiy qismi markazlashmagan investitsiyalari tashkil etadi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar 2021 yilda 83500 mlrd. so’m rejalashtirilgan, investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalarining katta hajmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlariga to’g’ri kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-sonli «O'zbekiston
Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi
tartibini joriy etish to'g'risida» Qarori qabul qilindi.
«O'zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va
moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to'g'risida» Prezident Qaroriga doir atamalar
sifatida quyidagilar keltirildi:
- Rivojlanish kontseptsiyasi
- Loyihalar portfeli
- Loyiha
- Investitsion loyiha
- Infrastrukturaviy loyiha
- Loyiha ustavi
- Loyiha pasporti
- Dastlabki TIA yoki dastlabki TIH
- TIA yoki TIH
- Vakolatli organlar
- Muvofiqlashtiruvchi Kengash
10. 2. Muhim investitsiya takliflarining yig’ma ro’yxati asosida investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish va tasdiqlash jarayoni.
Har yilgi O’zbekiston Davlat investitsiya dasturining qabul qilinishi alohida investorlarning imkoniyatlarini va rejalarini muvofiqlashtirish imkonini beradi. O’zbekiston Davlat investitsiya dasturlari investorlar uchun ishlab chiqarish tarmoqlari va yirik investitsiya loyihalari to’g’risida yangi ma’lumotlar beruvchi manba sifatida ham ahamiyatlidir.
Investitsiya dasturining tahliliy qismi respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari bilan o’zaro bog’langan holdagi kapital qo’yilmalar xajmlari va moliyalashtirish manbalarini asoslashdan, dastur samaradorligini baholash, loyihalarni tanlab olish mezonlaridan iborat bo’ladi.
Dasturning tahliliy qismi tarkibida investitsiyalarning takror ishlab chiqarish va texnologik tarkibini hisobga olgan holda, umuman Dasturda, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari, moliyalashtirish manbalari va xududlar, amalga oshirish yo’llari bo’yicha kapital qo’yilmalar tarkibi belgilanadi.
Dasturning yangi ichki mahsulot o’sishiga, iqtisodiyotning tarmoq va xududiy o’zgarishiga va import tarkibiga, ishlab chiqarish quvvatlarini va ijtimoiy soha ob’ektlarini ishga tushirish hajmlariga ta’sirining prognozlashtirilgan natijalari hisob-kitob qilinadi.
Dasturning barcha hisob-kitoblari tadrijiy tarzda, respublikani uch yillik davrda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish prognozlari va investitsii loyihalarining aniq dasturi asosida ishlab chiqiladi.
Dasturning aniq ro’yxatiga markazlashtirilgan manbalar, xukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari kiritiladi.
Dasturning aniq ro’yxati quyidagilardan iborat bo’ladi:
- iqtisodiyotni, ijtimoiy sohani va mamlakat mudofa qudratini tarkibiy o’zgartirishni ta’minlovchi respublika iqtisodiyoti ustuvor yo’nalishlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalar limitlaridan;
- xorijiy investitsiyalar va xukumat kafolati ostida kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
- to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
- ustuvor investitsiya takliflarining yig’ma ro’yxatidan iborat bo’ladi.
Ijtimoiy soha ob’ektlarining prognozlashtirilayotgan hajmlari dasturga yiriklashtirilgan, buyurtmachilar va ob’ektlar bo’yicha taqsimlanmagan holda kiritiladi.
Quyidagilar loyihalarni amalga oshirishning birinchi yilda ularni aniq dasturga kiritishning majburiy shartlari hisoblanadi.
- belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning (investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashlari, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari) mavjud bo’lishi;
- moliyalashtirish manbalarining va kreditlarning shartnomada belgilangan muddatda qaytarilishining tasdiqlanishi.
Aniq dasturni shakllantirish jarayoni har bir loyiha bo’yicha batavsil axborot tayyorlash, loyihani ustuvorligi bo’yicha tanlab olish va ro’yxatni shakllantirishdan iborat bshchladi.
Har bir loyixa (loyihalar guruhi) bo’yicha axborot buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi hamda unda quyidagilar bo’ladi:
- belgilanagan shakldagi loyiha pasporti;
- loyihani amalga oshirish reja-jadvali;
- aniq dasturni shakllantirish sanasida loyihani amalga oshirishning holati to’g’risidagi batavsil axborot – muhitga ta’sirini baholashni;
- ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga ko’ra samaradorlikni va amalga oshirish imkoniyatlarini baholashni, tashkiliy tadbirlarning ko’lamini;
- mahsulotga talab hajmi va xususiyatini;
- echimning muqobil variantlari mavjudligini, shu jumladan faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish yo’li bilan ;
- asosiy materiallar va ishchi kuchi resurslarining mavjudligini;
- investitsiya harajatlarini miqdorini o’ziga oladi.
Aniq loyiha uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligidan, uning iqtisodiy va moliyaviy samaradorligidan, ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga ko’ra amalga oshirish imkoniyatlari va maqbulligidan, tarmoqni rivojlantirishning strategik vazifalariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich tanlab olinadi:
- birinchi bosqichda – loyiha aniq tarmoq va mintaqani rivojlantirish ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda oldindan baholanadi;
- ikkinchi bosqichda – loyiha iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklardan kelib chiqqan holda, tanlab olinadi.
Aniq dasturga iqtisodiy jihatdan samarasiz investitsion loyihalarni, shuningdek, ilgari jalb qilingan kreditlar bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan qarzi bo’lgan korxonalar loyihalarni kiritish ta’qiqlanadi.
Quyidagilar birinchi bosqichda loyihaning ustivorligini belgilashning mezonlari hisoblanadi:
- loyihaning tarmoqni rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligi;
- moliyaviy va iqtisodiy samaradorlik;
- mahalliy xom – ashyodan va butlovchi buyumlardan foydalanish darajasi;
- tayyorlangan mutaxasslarning mavjudligi;
- loyihaning amalga oshirishga tayyorlanganligi darajasi;
- ishga tushirilgandan keyin foydalanish xarajatlari.
Har bir mezonning muhimligi darajasi tarmoqni rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda uch yillik davrda respublika iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgartirishlar prognozi muvofiq qo’shimcha ravishda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
- tarmoq (mintaqa) ning istiqboldagi prognoz o’sish sur’atlari;
- eksport salohiyatining prognoz o’sish sur’atlari;
- tarmoqning umuman respublika bo’yicha makroiqtisodiyot ko’rsatkichlariga ta’sirining o’zgarishi;
- tarkibiy omillar;
- ilgari quyilgan investitsiyalar samaradorligi;
- asosiy fondlar ahvoli va quvvatlardan foydalanish darajasi;
- loyihaning ijtimoiy ahamiyati.
Ikkinchi bosqichda tanlab olish natijalariga ko’ra dasturga kiritilgan ob’ektlarning aniq dasturi shakllantiriladi.
Dasturni va investitsiya loyihalarni amalga oshirishning birinchi yili ko’rsatkichlari mavjud moliyaviy resurslar va boshqa resurslar bilan o’zaro bog’langan bo’lishi kerak hamda birinchi moliyaviy yilda o’zgartirilmaydi.