Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Shaxs ijtimoiy rollari nazariyasi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə16/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Shaxs ijtimoiy rollari nazariyasi (amerikalik ruhshunos e. Bern va nemis ruhshunosi K. Levin). Ushbu psixologik nazariya insonning hayotda ma’lum, o’ziga xos bo’lgan ijtimoiy rollarni ijro etishidan kelib chiqadi. Aynan, mana shu rollar ushbu odam shaxsining asosiy xususiyati bo’lib hisoblanadi.
Bunday nazariyaning ma’lum bo’lgan turlaridan biri amerikalik ruhshunos erik Bern tomonidan taklif etilgan. Uning nuqtai nazariga ko’ra, odam boshqa rollardan ko’proq quyidagi ijtimoiy rollarni ijro etadi: bola roli, ota-ona roli va katta odam roli.
Bola roli katta odamning o’zini boladek his etishda davom etishida va bola sifatida tutishida namoyon bo’ladi (mas’uliyasiz, xarxasha qiladi, arazlaydi, e’tibor va g’amho’rlik talab etadi va h.k.). Ota-ona roli odamning boshqalar uchun mas’uliyatni, ularga g’amho’rlikni o’z yelkasiga olishida, boshqalarga o’rgatishi, jazolashi, talab qilishida va h.k.larda namoyon bo’ladi.
Ota-ona roli odam o’zini, haqiqatdan ham, katta odamlar o’zlarini bir-birlariga nisbatan qanday tutishlari lozim bo’lsa, shunday tutishlaridan iborat. Har kimning shaxsiy erkinligi va mustaqilligini hurmat qiladilar, huquqini tan oladilar, ishonadilar, qo’llaydilar va sh.o’.
Fizikaviy «maydon» tushunchasi va topologiyada qabul qilingan tasvirlash tamoyillarini qo’llagan holda, K. Levin16 individ va muhit o’rtasidagi mutanosiblik buzilgan holatdagi hulq-atvorning dinamik tizimi konsepsiyasini ishlab chiqdi.
K. Levin konsepsiyasida boshlang’ich holat sifatida individning «hayotiy bo’shlig’i» ichida ma’lum yo’nalish, kattalik va tayanch nuqtasiga ega bo’lgan, uning psixologik kuchlari (intilishlar, istaklar va sh.o’.) hosil bo’ladigan va o’zgaradigan yaxlit maydon sifatida qabul qilinadi. «Maydon»ning bir xil hududlari individni tortadi, boshqalari itaradi. Obyektlarning bu sifati hulq-atvor «maydon» kuchlari bilan harakatlanadigan hulq-atvorning motivasiyali tuzilishini xarakterlovchi valentlik (musbat yoki manfiy) deb ataladi. Valentlik shaxs va uning maqsadlari, yo’ldagi to’siqlar va h.k.lar jamlangan psixologik «bo’shlig’ini» o’z ichiga oluvchi yaxlit vaziyatning vazifasi bo’lib hisoblanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan nazariyalardan tashqari, turli ilmiy-psixologik yo’nalishlar ham mavjud. Bunday yo’nalishlardan biri bo’lib, umuminsoniy psixologiya hisoblanadi. Umuminsoniy yo’nalish psixologlari uchun shaxs faqat atrofdagi voqyelikka emas, balki, shaxsan o’ziga tegishli bo’lgan psixologik hosiladir. Umuminsoniy psixologiyaning vakillari K. Rodjers va A. Masloudirlar.
Terapiyadagi o’zining metodini K. Rodjers nodirektiv, ya’ni, bemorda jamlangan metod deb nomladi. Bu metodga asosan, shifokor bemorga bosim o’tkazishi kerak emas. Shifokor va bemor o’rtasidagi aloqa bir-biriga nisbatan hurmatga asoslangan bo’lishi kerak, bunda ularning ikkisi ham suhbat yoki aloqaning teng huquqli ishtirokchisi bo’lib hisoblanadilar. Terapevtning vazifasi shifokorning bemor uchun ikkinchi «Men»i sifatida namoyon bo’lishi va uning ichki olamiga e’tiborli bo’lgan vaziyatni yaratishdan iborat. Bunday vaziyatda mijoz barcha kechinmalari, hissiyotlari qiziqish va mamnuniyat bilan idrok etilishini his etadi, bu tajribasida yangi qirralarni ochishga, ba’zida esa u yoki bu kechinmalar ma’nosini birinchi marta anglab yetishga yordam beradi.
Keyinchalik Rodjersning nodirektiv terapiya g’oyasi nodirektiv hulq-atvor psixologiya nazariyasigacha rivojlandi. Bu nazariyaga asosan, sog’lom odamlarning o’zaro muloqoti ham xuddi shunday nodirektiv bo’lishi kerak.
Rodjers17 shaxs nazariyasining markaziy halqasi bo’lib, o’zini baholash darajasi hisoblanadi. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan o’zaro munosabatlarga kirishishi natijasida unda o’zi haqida tasavvur paydo bo’ladi. Lekin o’zini baholashning shakllanishi nizolilarsiz o’tmaydi. Ko’p hollarda atrofdagilarning baho berishi o’zini baholash bilan mos kelmaydi. Inson ko’pda atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki o’z fikrida qolishdan birini tanlay olmay, qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir bo’ladi, buni Rodjers «jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki dastlab baholash manbai bola organizmida bo’lib o’tadi, ya’ni, bu yerda biz yana bir bora tug’ma sifatlar tushunchasi bilan to’qnashamiz.
Psixologiyadagi umuminsoniy yo’nalishning boshqa vakili amerikalik ruhshunos Abraxam Xarald Maslou18 bo’ladi. Uning nuqtai nazariga ko’ra, insonning asosiy ehtiyoji – bu o’zini dolzarblashtirish, o’zini mukammallashtirish va o’zini namoyon etish. A. Maslouning yozishicha: «O’zini dolzarblashtiruvchi odamlarning barchasi qandaydir faoliyat bilan mashg’ul bo’ladi … Ular bunga berilgan bo’lib, ular uchun bu ish juda qadrli – bu o’ziga xos layoqat»11. Bunday turga mansub odamlar yuksak qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar (ular ichida – yaxshilik, haqiqat, insoflilik, go’zallik, haqqoniylik, yetuklik va boshqalar), bunday odamlar uchun bular hayotiy muhim ehtiyoj bo’lib xizmat qiladi. Shaxs tuzilishi Maslou bo’yicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar darajasidan iborat. Bu ehtiyojlarni tubandan yuqoriga sanab o’tamiz: fiziologik (organik) ehtiyojlar, xavfsizlikka bo’lgan ehtiyojlar, mansublilik va muhabbatga bo’lgan ehtiyojlar, hurmat qilish ehtiyojlari, bilish ehtiyoji, estetik ehtiyoj va o’zini dolzarblashtirish ehtiyojlari.
Yuksak taraqqiy etgan shaxs insonda mavjud bo’lgan o’zining barcha qobiliyatlarini to’la rivojlantirish, ma’nan o’sish va ahloqiy yuksalishga intilish kabi dolzarblashtirish ehtiyojlari bildiradigan xususiyatga ega bo’ladi.
Inson ehtiyojlar darajasi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida egallagan o’rnining o’zgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud: yuqoriroq darajadagi ehtiyojlar insonning quyiroq darajadagi ehtiyojlari oz darajada bo’lsa, ham qondirilgan holatdagina yuzaga kelib, muhim va dolzarb ehtiyojga aylanadi; agar insonda yangi ehtiyoj yuzaga kelib, dolzarblashganida, uning yaxlit ehtiyojlar darajasi ham qaytadan tuziladi. Maslou fikricha, o’zini dolzarblashtirish — bu doimiy taraqqiyot va o’z imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish jarayoni. Maslou o’zini dolzarblashtirish – tug’ma hodisa bo’lib, inson tabiatiga kiradi deb hisoblaydi. Inson yaxshilik, ahloqiylik, samimiylikka bo’lgan ehtiyojlar bilan tug’iladi. Ular insonning asosini tashkil etadi, va odam bu ehtiyojlarni joriy qilishni bilishi kerak bo’ladi.
Rossiya psixologiyasida shaxs sohasida ma’lum bo’lgan tadqiqotlar L.S. Vigoskiy maktabi vakillarining nazariy ishlari bilan bog’liq. Shaxs muammosini hal etishga A.N. Leontyev va L.I. Bojovich katta hissa qo’shganlar.
L.S. Vigoskiy, L.I. Bojovich tomonidan kiritilgan yetakchi faoliyat va taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati tushunchalariga tayanib ish ko’rish bola hayotining turli davrlarida faoliyatning o’zaro ta’siri va shaxslararo muloqotning murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan dunyoga ma’lum nigoh bilan qarash shakllanishini ko’rsatdi. Bu nuqtai nazar shaxsning muhim xususiyatlaridan biri, faoliyat yetakchi motivlari yig’indisi sifatida tushuniladigan taraqqiyotning sharti bo’lib hisoblanadi.
A.N. Leontyev o’zining markaziy o’rinni faoliyat tushunchasi egallagan shaxs tuzilishi va taraqqiyoti konsepsiyasini taklif etdi. L.I. Bojovichning konsepsiyasiga o’xshash, bu konsepsiyada ham, shaxsning asosiy ichki xususiyati shaxsning motivasiya sohasi bo’lib hisoblanadi. Uning nazariyasidagi muhim tushuncha inson faoliyati maqsadlarining uning motivlariga, ya’ni, ayni damda bevosita qo’zg’atuvchiga yo’nalganlikka bo’lgan munosabatini ifodalovchi shaxsiy mohiyatdir. Shaxsga tegishli bo’lgan faoliyat turlari qanchalik keng, turli-tuman bo’lsa, ular shunchalik taraqqiy etgan va tartibli, shaxsning o’zi esa shunchalik ma’nan boy bo’ladi.
Xulosa o’rnida, shaxs bo’yicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan olib borilayotganini ta’kidlab o’tish joiz. Hozirgi zamon tadqiqotlarining muhim xususiyati nazariy qarashlar eksperimental tadqiqotlar asosida shakllanishidan iborat.
Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so’zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so’zi «rol», ya’ni, odam boshqalar bilan muloqotda bo’lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma’nosini anglatuvchi «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone so’zi ham shu ma’noni anglatadi. Per sonare – niqob ortidan so’zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg’ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo’yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat edi.
Qadimgi Yunonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab chiqilmagan edi. O’zining betakror taqdiriga ega bo’lgan shaxs haqida Aflotun bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning o’rnini ruh egallagan edi. Arastuning «Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo’l ochib berdi.
Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning yuz qismini, tashqi ko’rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi ijrochini belgilovchi prosopon o’rniga, lotincha persona so’zi qo’llanildi, bu so’z avvaliga, yunoncha so’zga o’xshab, tragediyadagi akterning roli va niqobini anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi. Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida ta’riflanadi.
Sharqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib, faqatgina «o’zlik» e’tirozsiz tan olinadi.
K. Yungning19 psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog’liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda o’zini tutishni o’rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. Shaxs xarakterni tashkil etuvchi bo’lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog’liq bo’lib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat yuritadi.
Ko’pgina tillarda mavjud bo’lgan «o’zlikni yo’qotish» iborasi o’zining egallab turgan o’rnini va darajasini yo’qotishni bildiradi.
Sharq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog’lanadi. Yevropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda o’rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «hayotchanlik» tushunchasiga individning ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari kiradi.
Shu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o’ziga xoslikka ega bo’ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi .
Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga o’xshash ko’plab qarama-qarshi ta’riflari keltirilgan ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur ruhshunos V.P. Zinchenko fikriga ko’ra: ««Inson» tushunchasi bilan faqat «shaxs» tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B. Elkonin adabiyotlarda shaxsning yigirmaga yaqin ta’rifini ko’rib chiqqandan so’ng uning o’zi shaxs emasligini xulosa qildi.
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog’ozning fizik-kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug’dirgani kabi, faylasuf e.V. Ilyenkovning yozishi bo’yicha, shaxs sir-cinoatini inson miyasi xususiyatlariga tenglashtirib bo’lmaydi. Shaxs miya tuzilishi bilan emas, balki, insonning insonga bo’lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi.
Voqyeiy shaxs o’zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va Na-poleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo’lgan shaxslarni boshqalar bilan adashtirib yuborish mumkin emas. Shaxslar ko’lami, e.A. Ilyenkovning odilona fikriga ko’ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o’zlarining faoliyatlari ko’lami bilan o’lchanadi.
Yana bir mashhur faylasuf M.K. Mamardashvili tasdiqlashicha: «Shaxs – bu turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob topilmasi. Shaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». Shunday ta’rif bergan bo’lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa yuksak belgilarga bog’liq emas. Tushunsangizchi, axir insonning eng muhim ehtirosi – bu ro’yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo’lmoq»
Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy belgilari, deb hisoblaydilar. B.G. Ananyev «shaxs»ga «jamiyatning insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko’rsatadigan ko’plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy va boshqa ta’sirlari obyekti» sifatida ta’rif beradi. A.N. Leontyev fikriga ko’ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining nisbatan kechki mahsulotidir. Shaxs o’zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu biror-bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma’lum o’rinni egallagan insonning kutilgan hulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu insonning jamiyat hayotidagi ishtirokining tuzilishga ega bo’lgan usulidir)». Shaxs taraqqiyoti individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi. Umumiy psix-ologiyada ko’pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, mag’iz, individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va barqarorlik bag’ishlovchi yig’indi va amodal boshlang’ich modda tushuniladi.
L.S. Vigoskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so’ngra uni yana qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy etishi mumkin emasligi (interiorizasiya va eksteriorizasiya qonunlari) haqida yozgan edi.
Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba’zi bir namoyondalari ham qo’shiladilar. G.S. Knabening ta’kidlashiga ko’ra, ««shaxs» insonning jamiyat hayotidagi ishtirok i va hayotda tutgan o’rni nuqtai nazaridan insonga xosxususiyatdir». V.A. Shkuratov quyidagi definisiyani keltiradi: «Shaxs jamiyat a’zosi va faoliyatdagi mavjudotning ifodalanishini ijtimoiy turlarga ajratish… Shaxsni uning ijtimoiy va madaniy doirasi, kelib chiqishi, kasbi, o’z tipi va h.k.larning xususiyatlaridan yig’ib olish mumkin ». Hozirgi kunda psixologiya shaxsni insonning jamiyatdagi hayotida shakllanadigan ijtimoiy-psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy mavjudot sifatida boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishganida va bu munosabatlar uning shaxsini shakllantiruvchi hal qiluvchi omilga aylanganida, u yangi sifatlarga ega bo’ladi.
Chet el psixologiyasida inson shaxsi sifatida barqaror belgilar majmuasini tashkil etuvchi temperament, sezgirlik, motivlar, layoqatlar, mayllar, turli hayotiy vaziyatlarga moslashayotganida aynan shu insonga xos bo’lgan fikrlar oqimi va hulq-atvorini belgilab beradigan ma’naviyat tushuniladi. J. Godfruaning fikricha, shaxs umumiy holda ham irsiy, ham ijtimoiy-madaniy ta’sirlar bilan belgilanadi. «Shaxs» tushunchasi o’z ichiga tabiiy xossalar (jins, temperament va h.k.) asosida ijtimoiy muhit (oila, maktab, «boshqa ahamiyatlilar») va faoliyat (o’yin, bilish, mehnat) bilan faol o’zaro ta’sirlar jarayonida hosil bo’lgan individga xos bo’lgan ijtimoiy sifatlar yig’indisini birlashtiradi.
Inson shaxsi, keng tarqalgan tasavvurlarga qarshi o’laroq, 30-yoshga yetgunicha o’zgarmasdan qolmaydi. Misol keltiradigan bo’lsak, Kaliforniya Universitetining bir guruh olimlari 130 mingdan ortiq odamlarning «Katta Beshlik» (vijdoniylik, murosaga kelish layoqati, nevrotizm va ekstravertlik) nomi bilan ma’lum shaxsiy sifatlarini tahlil qilganlar. Bu sifatlar kayfiyatga bog’liq emas, shuning uchun yetarlicha ishonchli tarzda namoyon bo’ladi. Odamlar yosh o’tishi bilan hayotiy ixtiloflarni tezda bartaraf etishga o’rganadilar, xususan, shafqatliroq va mehribonroq bo’lishga intiladilar.
Aniqlanishicha, ayollarda, erkaklardan farqli o’laroq, yosh o’tishi bilan nevroz holatlari kamayadi. Ikki jins vakillarida samimiylik bir oz kamayadi. Olimlarning fikriga ko’ra, 20–30 yoshlilarda murakkab vazifalarni bajarishda va tashkilotlar tuzishda ko’mak beradigan vijdoniylikning kuchayishi kuzatiladi. Murosaga kelishga moyillik, aksincha, ko’pchilik holatlarda 30 yoshdan so’ng yorqin namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, faylasuflar, tarixchilar, pedagoglar va psixologlarda «shaxs» tushunchasining turlicha talqinlari mavjud. Bizlar esa, yuqorida ko’rsatganimizdek, R.S. Nemov tomonidan berilgan shaxsning, fikrimizcha, yanada aniq va to’liq psixologik ta’rifidan foydalanamiz.
Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o’zaro ta’sirga ega bo’lishidan iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. S.L. Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va ko’nikmalarda; yo’nalganlikda namoyon bo’ladigan individual-tipologik xususiyatlarni ko’rsatib o’tadi. A.G. Kovalev yo’nalganlik, xarakter, imkoniyatlar va mashqlar tizimini ajratadi. M.I. Yenikeyev temperament, yo’nalganlik, layoqatlar va xarakterni sanab o’tadi. Mashhur psixolog K.K. Aflotunov yo’nalganlik tarkibini, ijtimoiy tajriba tarkibini, psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib ko’rsatadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin