Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə19/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Individuallik – bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan o’ziga xos bo’lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig’indisi.
Individuallik – bu ko’rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko’ra eng tor tushuncha hisoblanadi. U o’zida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi o’ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi. Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o’zimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o’ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo’ladi. Mo-tivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko’rsatkichlari. «Individuallik» tushunchasi individning faqat o’ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (bo’y o’lchami, tana tuzilishi, yuz tuzilishi va h.k.) xususiyatlarini ham aks ettiradi.
Individuallik – o’z mohiyatiga ko’ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin bo’lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir odamning boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin.
Shunday qilib, bizlar ko’rib chiqqan «odam, individ, shaxs va individuallik» tushunchalari hajmiga ko’ra turlichadir. Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa tushunchalarni ham o’zida jo etadigan tushuncha «inson» atamasidir, eng tor atama esa – «individuallik» tushunchasi.
Asosiy adabiyotlar

  1. Leontyev A.N. Leksii po obщyey psixologii: ucheb.posobiye dlya stud.vыssh.ucheb.zavedeniy. – 5-ye izd., ster. – M.: Smыsl; Izdatelskiy sentr «Akademiya», 2010. – 511 s.

  2. Luriya A.R. Leksii po obщyey psixologii. –SPb.: Piter, 2006. – 320 s.

  3. Lyubimov V.V. Psixologiya vospriyatiya. – M.: Eksmo, 2007. – 472 s.

  4. Obщaya psixoloriya: v 7 t.: uchebnik dlya stud. vыssh. ucheb. Pod red. B.Bratusya. – M.: Izdatelskiy sentr «Akademiya», 2007.

  5. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p.

  6. Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed.




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin