Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə63/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emosional hamda irodaviy va akdiy zo’riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatilishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emosional-irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Tajriba (eksperiment) aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalov-chi) va tekshirish (nazorat) qismlariga bo’linadi. Eksperimentning anikdovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o’yin, meh-nat, o’qish kabi faoliyatlar tadqiq qilinadi. Tadqiqot obyektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvg chi sinaluvchiga subyektiv ta’sir o’tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga, hatto yo’llovchi savollar ham bermaslik eksperimentning priisipi hisoblanadi.
Tarkib toptiruvchi (shakllantiruvchi) eksperimentda (tajribada) sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish, shuningdek, ularga maqsadga muvofiq muayyan malaka, yo’l-yo’riq va usulni o’rgatish rejalashtiriladi. Eksperiment yakka, guruh va jamoa tarzida o’tkazilishi mumkin. Buning uchun tajriba materialining hajmi, ko’lami, qancha vaqtga mo’ljallanganligi, nimalar o’rgatilishi, sinaluvchilarni psixologik jihatdan tayyorlash oldindan belgilab qo’yilishi shart.
Tekshirish yoki nazorat eksperimentida (tajribasida) tarkib toptiruvchi (shakllantiruvchi) bosqichda shakllantirilgan usul, vosita, yo’l-yo’riq, ko’nikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasini, barqarorligini aniqlash, ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish uchun mohiyati har xil mustaqil topshiriqlar beriladi. Tekshirish (nazo-rat) tajribasi orqali tarkib toptiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o’tkazish prinsipi buziladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin